Get Mystery Box with random crypto!

Ramazonda suv ichish dasturi qanday bo‘lishi kerak? Ramazon | 𝐈𝐦𝐢𝐭𝐚𝐭𝐢𝐨𝐧

Ramazonda suv ichish dasturi qanday bo‘lishi kerak?

Ramazon oyida ro‘zadorlar orasida ba’zan kuchli bosh og‘rishi, holsizlik, uyquchanlik, qabziyat, qon bosimining tushish holatlari kuzatiladi.

Bu suvni kam ichish natijasida yuzaga keladigan muammolar bo‘lib, inson tanasiga yetarli suv normasi berilsa, bunday holatlar kuzatilmaydi.

Ramazonda suv ichish dasturi:
Uyqudan uyg‘ongan zahoti 1 stakan;
Saharlik taomigacha 1 stakan suv;
Saharlik taomidan keyin 1 stakan suv ichiladi.

Iftorlikda: og‘iz ochilganda 1 stakan suv.
Shom namozidan keyin 1 stakan suv;
Iftorlik taomidan 30 daqiqadan keyin 1 stakan suv;
Uyqudan 30 daqiqa avval 1 stakan suv ichiladi. Suvni iliqdan issiqroq holatda xo‘plab-xo‘plab ichish maqsadga muvofiq.

Doktor: Feruz Yigitaliyev

P/s: Barcha yaqinlaringizga yuborib qo'yishni unutmang!

Sunnah Products telegram kanali