Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar uchun #imkoniyat №8 Ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishd | Buyuk Zamin yoshlari

Yoshlar uchun #imkoniyat №8

Ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishadi. Ham dasturlashni o‘rganib, ham kompyuterga ega bo‘lish uchun yaxshi imkoniyat bor.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 7,5 mln. so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Dasturlashni o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach kreditga kompyuter xarid qilish mumkin. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi.

@alisher_sadullaev