Get Mystery Box with random crypto!

📚 Iqtibos 🔖 Status 📋 Aforizm 📇 Kitoblar 📚

Telegram kanalining logotibi buyuklardann — 📚 Iqtibos 🔖 Status 📋 Aforizm 📇 Kitoblar 📚 I
Telegram kanalining logotibi buyuklardann — 📚 Iqtibos 🔖 Status 📋 Aforizm 📇 Kitoblar 📚
Kanal manzili: @buyuklardann
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 529
Kanalning ta’rifi

📝Ma'noli va mazmunli eng sara iqtibos va statuslar
🖇Buyuklar ijodidan eng dono so‘zlar
💡Motivatsiya o‘chog‘i
📕O‘zbek adabiyoti
📗Jahon adabiyoti
Admin: @Mitti_adminBot
KitoblarBot: @kitobxonlar_uchun_kitoblar_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-28 10:34:58
Hech qachon magʻrur boʻlmang!
Haq boʻlsangiz ham, gʻazablansangiz ham, koʻp iztirob chekkan boʻlsangiz ham baʼzan oʻrni-oʻrni bilan bir qadam tashlang.
Chunki baʼzida tashlagan oʻsha bir qadamingiz  hayotingizda koʻpgina narsalarni izga tushirish ahamiyatiga ega boʻlishi mumkin.  Chunki baʼzan gʻururni bir chetga surib otgan bir qadamingiz sizni istagan yoʻlingizga olib chiqishi mumkin.
Unutmang!
Baʼzan gʻurur yongʻin ichiga oʻtin bilan kirishga oʻxshaydi.
Meʼyordan ziyod, oʻrinsiz va keraksiz gʻururdan saqlaning. Chunki bundayin gʻurur hayotni mahv etadi...
Baʼzan mag‘rurlik o‘rniga barini  shunchaki kechirib yuborish, yana qalblarni isitish uchun sabab bo‘ladi...

@Buyuklardann - siz uchun
278 viewsㅤㅤ ㅤㅤㅤ◡̈⃝ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤㅤ, 07:34
Ochish/sharhlash
2022-08-27 15:12:58 YAXSHIMISAN?

"Y"axshimisan!? – berilar savol,
"A"lbatta, deb javob beraman.
"X"azon kabi sochilgan hayol,
"S"iniqlarin yerdan teraman!
"H"ayot bilan bo'lmas kelishib,
"I"staganin ko'radi ravo...
"M"iyig'ingda kulasan-u lek,
"A"slida-chi hammasi rasvo...
"S"avol oddiy tanish jumlalar,
"M"ening holim barchaga qiziq.
"A"ytolaman yaxshiman deya,
"N"ursiz yuzda aks etib chiziq...

Abduvoris Alijonov

@Buyuklardann - siz uchun
296 views ①⑦:①❷ 𝕯𝖎𝖑𝖘𝖍𝖔𝖉𝖇𝖊𝖐➽꯭꯭꯭𖣐꯭➣꯭ ①⑦:①❷, edited  12:12
Ochish/sharhlash
2022-08-27 15:11:45 UCH NARSA

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

Uch narsa halok qiladi:
Uch narsa najot keltiradi.
Uch narsa kafforat.
Uch narsa darajot boʻladi.

Halok qiluvchilar:

Itoat qilingan qizgʻonchlik;
Tobeʼ boʻlib qolingan havoi nafs;
Kishining oʻzidan ajablanishi.

Najot keltiruvchilar:

Gʻazabda ham, rozilikda ham adolatda turish;
Boylikda ham, faqirlikda ham moʻtadil boʻlish;
Ichida ham, tashida ham Allohdan qoʻrqish.

Kafforotlar:

Namozdan keyingi namozga intizor boʻlish;
Sovuqda tahoratni mukammal qilish;
Jamoat sari tashlangan qadamlar.

Darajotlar:

(Ochlarga) yegulik yedirish;
Salomni yoyish;
Odamlar uxlab yotgan kechada namoz oʻqish.

Hammaga ulashing

@Buyuklardann - siz uchun
289 views ①⑦:①① D🅘🅛🅢🅗🅞🅓🅑🅔🅚 ֆ ①⑦:①①, 12:11
Ochish/sharhlash
2022-08-27 10:21:52
#Gozal_duo

— Ey Robbim, qancha neʼmatni menga ato qilding, unga shukr qilishim oz boʻldi!

— Qancha balo bilan sinading, unga mening sabrim oz boʻldi!

— Ey, neʼmatlarga shukrim oz boʻlsa ham, ularni man qilmagan zot!

— Ey, balolarga sabrim oz boʻlsa ham, meni xor qilmagan zot!

— Ey, maʼsiyatlarim uchun meni sharmanda qilmagan zot!

— Ey, sanogʻsiz va tuganmas neʼmatlarning egasi!

— Taqvo bilan oxiratimga yordam ber!

— Bilmagan narsalarimdan meni saqlagin!

— Mening nafsim istayotgan narsaga meni tashlab qoʻymagin!

— Ya Robbim! Sendan yaqin yengillikni va goʻzal sabrni soʻrayman!

— Jamiki balolardan ofiyatni va ofiyat uchun shukrni soʻrayman!

Allohumma amiyn.

@Buyuklardann - siz uchun
296 viewsㅤㅤ ㅤㅤㅤ◡̈⃝ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤㅤ, edited  07:21
Ochish/sharhlash
2022-08-27 06:17:21
Boshimda aylanar ming bitta tashvish,
Azal fe'limda yo'q har kimga nolish...
Mendan noliyvermang Allohdan har ish,
Mendan xafa bo'lib yurgan odamlar!

Dunyoning ishlari xilma-xil turfa,
Odamlar topilar sizdan ham xafa...
Sizga shu jonimni qilaymi tuhfa?
Mendan hafa bo‘lib yurgan odamlar!

Balki, tik qaradim ko'zingizga goh,
Balki, qarolmadim ko'nglingizga goh...
Deydilar avvalo sen o‘zingga boq!
Mendan xafa bo'lib yurgan odamlar!

Tangriga ayondir savob, gunohim,
O'zi yuragimdan yolg'iz ogohim...
Sizga aytolmayman, har bitta ohim
Mendan xafa bo‘lib yurgan odamlar!

Gohi hol so'rashga vaqtim bo'lmadi,
Vaqtim bo‘lganida naqtim bo'lmadi...
Holim so'rmadingiz qadrim bo'lmadi,
Mendan xafa bo'lib yurgan odamlar!

To'g'ri, kimlarnidir mensimay o'tdim,
Kimnidir avaylab kiprikda tutdim...
Balki o'zni o'ylab sizni unutdim,
Mendan xafa bo'lib yurgan odamlar!

Balki begonasiz balki jigarim,
Bunchalar sinamang tosh emas sabrim...
Bir kun uzr so'rar yig'lagan qadrim,
Mendan xafa bo'lib yurgan odamlar!
308 viewsㅤㅤ ㅤㅤㅤ◡̈⃝ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤㅤ, edited  03:17
Ochish/sharhlash
2022-08-27 06:14:27 #Bismillah
261 viewsㅤㅤ ㅤㅤㅤ◡̈⃝ㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤㅤ, 03:14
Ochish/sharhlash
2022-08-26 15:06:19
Fahmlamaydigan kishiga tushuntirgandan koʻra xarsangtoshni oʻrnidan siljitish osonroq.

Ali ibn Abu Tolib

@Buyuklardann - siz uchun
341 views ①⑦:⓿❻ 𝓓𝓲𝓵𝓼𝓱𝓸𝓭𝓫𝓮𝓴 ①⑦:⓿❻, 12:06
Ochish/sharhlash
2022-08-26 14:50:35 Oʻzbekni ado qilgan jumlalar

• Odamlar nima deydi
• Bir kunlik toʻy oʻtadi ketadi
• eringni oʻzi oʻqitib oladi
• oʻqib shaxar olib berarmiding
•Bir gap boʻlar
•oyligini qizigʻi yoʻq, “Leviy”sidan gapir.
•otang kim ediku sen kim boʻlarding
• Falonchini oʻgʻli mashina oldi, sen xali xam avtobusda yuribsan.
• qiz bolasan bu kasb senga toʻgʻri kelmaydi.
• shu institutni bitirsang, amaking ishga olib kirib qoʻyadi

@Buyuklardann - siz uchun
351 views ①❻:⑤⓿ 𝓓𝓲𝓵𝓼𝓱𝓸𝓭𝓫𝓮𝓴 ①❻:⑤⓿, 11:50
Ochish/sharhlash
2022-08-26 10:21:04 ,,Iltijo''
Yomg'ir yog'ib,o'rtadi qalbim
Tomchilar payqamas ko'zyoshlarimni
Axir men quyoshni so'ragan edim
Hech kimsa tinglamas faryodlarimni

Men quyosh istayman,yomg'ir ne kerak?
Osmondan umidvor-
Ma'yus ko'zlarim
Men nurlarni qumsayman,suvlar ne kerak?
Duolar aytmoqda-
Jonsiz so'zlarim

Quyosh,quyoshginam-
Mening quyoshim
Bugun kelaman deb aytgan edingku
Axir kechagina o'zing jilmayib
Osmondan nurlaring sochgan edingku

Yo'q,haliyam ketmadim,ketolmayapman
Haliyam kutyapman seni intizor
Shu kungacha aytmadim,aytolmadim hech
Yurak senga tashnadir,yurak senga zor

Bo'ldi,bugun aytaman,hozir aytaman
Aytmasam ertaga balki bo'lar kech
Men seni sevaman deya o'zingga
Izhorim aytishga botinmadim hech

Men seni sevaman-eshityapsanmi?
Sen buni albatta bilishing kerak
Men seni sevaman-kelayapsanmi?
Men seni so'nggi bor ko'rishim kerak

Qoldirib ketishga qiymaydi ko'zim
Lekin menda qolmadi mador
Balki hozir uzilar jonim
Bo'lolmadim senga vafodor

O'lganimda yig'lamagin hech
Men o'lgan kun yomg'ir yog'masin
Men yomg'irni yoqtirmayman hech
O'lgan kunim quyosh porlasin

                                         Husan

@Buyuklardann - siz uchun
348 views𝑄𝑖𝑧𝑔‘𝑎𝑙𝑑𝑜𝑞, 07:21
Ochish/sharhlash