Get Mystery Box with random crypto!

So'ngi nafasim tugab nogohon Saf tortdim mashxarda chunon Tort | 📚 Iqtibos 🔖 Status 📋 Aforizm 📇 Kitoblar 📚

So'ngi nafasim tugab nogohon
Saf tortdim mashxarda chunon
Tortildi ko'prigi qarshimda shu on
Sirot u, ajratar yaxshi-yu yomon!

Shu qadar ingichka tarrang tortilgan
Nah qilichdan o'tkirdir qahr surtilgan
Mo'minu musulman o'tarlar qator
Solih ummatga jannat mahr etilgan,
Kofiru gunohkor o'tolmas aslo
Gunoh-u jafosi yuk, botmon ortilgan
Muqarrar jazosi do'zox muhri surtilgan
Sirotning aslidan mo'min tashvishda
Barchaning ko'nglida isyon ruhi bitilgan,
Keldi mana navbatim, ichimda g'alayon
Yurarman bari amalim hisob kiritilgan
Ostimda do'zoxu, qarshimda betakror
Jannatda noz-ne'mat dastur tortilgan
Yuzimni kuydirar qizigan o'chog'i
Jonim bo'gzimga keldiyu birdan
Savobim oxirlab qoqildim shu chog'i
Tanim cho'g' misoli yonmoqda hanuz
Ana azoblashga shay olovli tog'i
Tanimni qovurar olovla qaynagan hovuz
Dod derman chekkan azoblarimdan
Tavba etarman, afsus chekarman
Xarom totganman yuz burib halolidan
Kechmadim isrofdan cho'chmay uvolidan
Tanimni nimtalab tiklarlar takror
Yana azob kelar ul tanim duchor,
Nogoh tanim sovuq ter bosdi
Uyg'onib tilimga kalimam qaytdi
Bu zabon Allohga iztig'for aytdi
Qudratli Allohim tush ato etib
Oxiri taqdirim ne qadar aytdi.


Shahobxon Ismatov


@Buyuklardann - siz uchun