Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Futbol yulduzi, Lionel Messining daromadlari haqida megapo | BUYUKLAR HAYOTI 🎓

​​​​Futbol yulduzi, Lionel Messining daromadlari haqida megapost

Messining daromad manbalari futbol, reklama shartnomalari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va boshqa shaxsiy bizneslaridir.

Forbes jurnalining ma'lumotlariga ko'ra uning umumiy boyligi $400 mln ni tashkil qiladi.

2020-yilda Messi $130 mln ishlab topdi:
90 mln ni asosiy ish haqidan;
$40 mln ni esa reklama shartnomalaridan;
— Instagramdan $23,3 mln.

Uning maoshi $80 mln bo'lib, uning shartnomasiga ko'ra 2021-yilgacha Barcelona jamoasi orqali Messi $1 mlrd ishlab topgan.

Adidas firmasi bilan umrbod shartnomasi orqali u yiliga $40 mln ga yaqin pul ishlaydi. Bundan tashqari Messi Pepsi, Huawei, Lay's kabi yirik kompaniyalar bilan ham katta shartnomalarga ega.

Hozirda uning:
— shaxsiy samolyoti $15 mln;
— Ferrari 335, Sport Spider, Seglietti kabi umumiy qiymati $35.5 mln lik mashinalar kolleksiyasi;
— bir nechta davlatlarda $60 mln qiymatdan ortiq villa va juda katta shaxsiy uylari mavjud.

Xayriya ishlarida ham Messi juda faol bo'lib, u «Leo Messi» fondi asoschisi hisoblanadi va kam ta'minlangan, kasal bolalarga sog'liqni saqlash, ta'lim, transport, sport sohalarida yordam beradi. 2010-yildan beri, Messi YuNISEF xayrixoh elchisi. 2020-yilda mart oyida Messi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun $1 mln xayriya qildi.

@buyukkishilar