Get Mystery Box with random crypto!

Buxoro viloyati 3-sinf

Telegram kanalining logotibi buxoroviloyati2sinf — Buxoro viloyati 3-sinf B
Telegram kanalining logotibi buxoroviloyati2sinf — Buxoro viloyati 3-sinf
Kanal manzili: @buxoroviloyati2sinf
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.01K
Kanalning ta’rifi

Hurmatli ota-onalar!
Aziz o'quvchilar! Mazkur kanal o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘quv dasturidagi mavzularni oson o‘zlashtirish va uyda mustaqil bilim olishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-09-01 18:11:04 Buxoro shahar 7-IDUM 3-"B"sinf o'quvchisi Shuxratov Akbarshoxning mustaqilligimizning 31-yilligiga bag'ishlab yodlagan she'ri
246 viewsUmida Ostonova, 15:11
Ochish/sharhlash
2022-09-01 18:11:04
Oldin bizda, keyin boshqalarda
Kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang


@buxoroviloyati2sinf
248 viewsUmida Ostonova, edited  15:11
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:57:29 ҚУТЛОВ!!!

Ассалому алайкум қалби қуёш қадрдоним!
Юртимнинг навқирон 31 ёши билан муборакбод этаман.

Ватанимиз тинч, осмонимиз мусаффо, хонадонимиз ҳузурли, оиламиз тотув, ризқимиз барокатли, тилларимиз зикри дуоли, қалбимиз меҳр-оқибатли бўлсин!!!

Энг улуғ, энг азиз байрамимиз— Мустақиллик байрами қутлуғ бўлсин !!!


БАЙРАМ ТОНГГИ...

Янги тонг ҳам отди шўх наво билан,
Шукуҳли байрамнинг тонгини қаранг.
Қутлар бир бирини истиқлол билан,
Тортилган меҳрнинг иплари таранг.

Эшилган иплари қиммат қадрдан,
Узилмас мустаҳкам унинг риштаси.
Ҳалқим кўйлак кийган гўзал САБРдан,
Оқибатдан безак берган каштаси.
622 viewsРажабова М, 02:57
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:57:29 Бу қўшиқни илк бор янграганига 22 йил бўлди. 22 йилда қанча ўзгаришлар бўлди, қанча сувлар оқиб ўтди, қанча шаҳарлар қад ростлади.
Ўшанда Мустақиллик байрамларида сўнгги қўшиқ ким томондан айтилиши жуда муҳим эди. Ўша, ўша энг зўр қўшиқни ким айтади, байрам тантаналарига кимни қўшиғи якун ясайди... Интиқлик билан кутиларди. Бу байрамларни ёшу қари ҳамма телевизорда қайта қайта кўрарди.
"Адойинг бўлгаймиз сени" халқни бирлаштирадиган қўшиқ бўлди. Уни ёшу қари ёд олди. Шундай йиллар бўлдики, бу қўшиқ мазах қилиниб ҳам айтилди. Лекин... йиллар ўтиб, халқимиз учун бу қўшиқ ўзига хос мадҳияга айланди.
Хуллас бугун байрам сўнгида бу қўшиқни қайта эшитар эканман, ўша илк бўлмасада, анча узоқда қолган мустақиллик кунларини эсладим.
Оқ йўргакка ўрагансан, ўзинг бизни...
Оқ ювиб оқ тарагансан ўзинг бизни...
Бешигимиз узра бедор она бўлиб,
Кунимизга ярагансан ўзинг бизни..
Адойинг бўлгаймиз сени, Ўзбекистон.
Фидойинг бўлгаймиз сени Ўзбекистон...

Ушбу ўзига хос Мадҳиямиз янграйверсин, юртимиз гуллаб яшнасин!
373 viewsРажабова М, 02:57
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:26:00 EL AZIZ, INSON AZIZ

Yurt rivoj topgay ,Qachonki
El aziz, inson aziz.
Koʻrmagay zavol hech ,Boʻlsa
El aziz, inson aziz.

Vatanimda yashagaydir daryokoʻngil, yaxshilar,
Ular uchun har narsadan pokiza vijdon aziz.

Ostonaga qadam qoʻygan kishini boshga qoʻyar,
Hech bir elda boʻlmagandir
Biz kabi mehmon aziz.

Shukurki, rizq-nasiba moʻl,
lek hamon eʼzozda non,
Ushogʻini koʻzga surtib,
degaydirlar: "Non aziz."

Pok islomiy eʼtiqod-la
sajdaga qoʻyarlar bosh,
Toʻgʻri yoʻldan borar yurtda
mukammal iymon aziz.

Ajdodlar ilmin yurakka
joylagandir yosh avlod.
Tomirlarda joʻshib oqqan
ul davomiy qon aziz.

Koʻrib farzandlar dovrugʻin,
qalbim tuyar iftixor,
Zamonamiz bizga bergan
imtiyoz, imkon aziz.

Hech bir odam qolmagaydir
bir chetda beeʼtibor,
Vatanimda barcha inson -
yashayotgan jon aziz.


Bulkim, Yangi Oʻzbekiston
rivoj topgay toabad,
Zero,gulgun diyorimda
el aziz, inson aziz.
517 viewsРажабова М, 02:26
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:26:00
Eng sara rasmlar va fotolar faqat sizlar uchun bizda aslo uzoqlashmang biz bilan qoling
@buxoroviloyati2sinf
403 viewsРажабова М, edited  02:26
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:24:04
#Байрам_Муборак

Ассалому алайкум, кузнинг биринчи куни ҳамда Мустақиллигимизнинг 31 йиллиги муборак бўлсин

Kanalga obuna

Kanal manzili https://t.me/ozbekistonpedagogi

Oldin bizda, keyin boshqalarda
Kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang


@buxoroviloyati2sinf
813 viewsРажабова М, edited  02:24
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:24:04
ASSALOMU ALAYKUM
GO'ZAL YURTIMNING HAR JABHADA FAOLIYAT YURITAYOTGAN BENAZIR INSONLARI, TA'LIMDA FIDOYILIKNI O'ZIGA KASB QILIB OLGAN QADRLI VA QADRDON
USTOZLAR !



Ona-yurtimiz Mustaqilligining shonli 31-yilligi nishonlanayotgan bayram tongi barchangizga muborak bo'lsin!
Serquyosh, mehmondo'st, oltinga kon, ostonasi tillodan bo'lgan yurtimizga aslo ko'z tegmasin. Mustaqilligimiz abadiy, elimizda tinchlik, osoyishtalik hukmronlik
qilsin!


Ona-diyorimiz uzra yangrayotgan mustaqillik taronalari har bir yurakka, har bir go'shaga, har bir oilaga yetib borib, ular qalbida atirgullar iforini taratsin!


Bayramona xush kayfiyat, shu go'zal yurtda AZIZ INSON bo'lish baxti har birimizga nasibu ro'z aylagani rost bo'lsin!
462 viewsРажабова М, edited  02:24
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:24:04 HURLIKNING OʻTTIZ BIR YOSHI

El va inson aziz boʻlgan zamonda,
Zamin uzra baxti kulgan makonda,
Ozod va obod yurt – Oʻzbekistonda,
Oʻttiz bir farovon davron muborak!

Ajdodlar armoni oʻshaldi bugun,
Shu kun deb, ne zotlar oʻtdilar burun.
Oʻz noming yangragan jahonda bu kun,
Oʻttiz bir navqiron komron muborak!

Yanchilgan boshoqday tarixing bordir,
Togʻlaring boshida asrlik qordir.
Lek yoʻling ravondir, toleing yordir,
Oʻttiz bir qutlugʻ yosh mehmon muborak!

Oʻtdilar Shiroqdek bobolaring ham,
Yutdilar Toʻmaris momolaring gʻam.
Ammo yovga ular boʻlmadi qaram,
Oʻttiz bir ming yillik arkon muborak!

Allohim, hidoyat kelgani hamon,
Yuz burdi ixlos-la, bu xalq Sen tomon.
Buxoriy koʻziga nur bergan iymon,
Oʻttiz bir tong bongi – azon muborak!

Ilmdan yuksaldi sharafu shoning,
Xorazmiy, Beruniy yashagan oning.
Ma’rifat beshigi boʻlgan dunyoning,
Oʻttiz bir ummondek urfon muborak!

Jaloliddin kabi oʻgʻlonlar yurti,
Vatan deb Kubroning yongan vujudi,
Hali hech yurakda soʻnmagay oʻti,
Oʻttiz bir joningga qalqon muborak!

Buyuk fotihlarga toʻlgan Ona Yer,
Temur, Boburlaring olam ichra sher.
Masihdek tilimga jonbaxsh Alisher,
Oʻttiz bir dardinga darmon muborak!

Davrlar ne zotlar koʻrdilar sinov,
Jadidlar hayoti misoli olov.
Qish edi Shimolda, bizda ham qirov,
Oʻttiz bir qutlugʻ qon – Choʻlpon muborak!

Kuzning ilk muborak ozodlik tongi,
Porloq kelajakning taraldi dongi.
Qayta tugʻulmoqlik shuuri, ongi,
Oʻttiz bir shonimga E’lon muborak!

Hayot nafasining totli har oni,
Yashnagan chamani, bogʻ-u, boʻstoni,
Serquyosh, musaffo, rizqli osmoni,
Oʻttiz bir yoz bergan xirmon muborak!

Bugun orzularing unib bogʻ boʻldi,
Yoshlaring Vatanga tayanch togʻ boʻldi.
Duogoʻy keksalar umri chogʻ boʻldi,
Oʻttiz bir hurlikka imkon muborak!

Dorilomon kunlar boʻlsin abadiy,
Tashvishlar oʻtguvchi sabodek foniy.
Ulugʻ maqsad sari olgʻa yur qat’iy,
Oʻttiz bir dovonga sarbon muborak!

Eng ulugʻ ne’mat bu – ozodlik, haqqim,
Qorachiqdek uni asrasin har kim.
Mehringdan yashnasin ona yurt, xalqim,
Oʻttiz bir umrimga ehson muborak!

Hamid IKROM
358 viewsРажабова М, edited  02:24
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:24:04
Mustaqilligimizning 31 yilligi muborak bo‘lsin, azizlar!

Sizlarni «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida o‘tkaziladigan tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Tanlovga 31-avgustgacha quyidagi ijodiy ishlar qabul qilinadi

Videorolik
Taqdimot yoki dars ishlanma
Ijodiy ishlar (she’r yoki maqola)
«Ranglar jilosida ona diyorim» mavzusida rasmlar

Kanalda ishingiz yoritilgan kuni SERTIFIKAT taqdim etiladi.

G‘oliblar hakamlar tomonidan aniqlanadi va I, II, III darajali diplom beriladi.

Ijodkorlikka qiziquvchi o‘qituvchi, talaba, o‘quvchilar uchun tashkil etilyapti.

Murojaat uchun:
@buxoroviloyati3sinf
240 viewsРажабова М, edited  02:24
Ochish/sharhlash