Get Mystery Box with random crypto!

#Yozgi_ta’til #Kitobxonlik_tanlovlari DIQQAT! E’LON! Yozgi | BUXORO VILOYATI BOLALAR KUTUBXONASI /TANLOVLAR

#Yozgi_ta’til
#Kitobxonlik_tanlovlari

DIQQAT! E’LON!

Yozgi ta’tilni biz bilan maroqli o‘tkazing!

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yozgi ta’til vaqtida “5 ta muhim tashabbus” doirasida “Ta’tilda - kitob bilan” shiori ostida “Yilning eng iste’dodli yosh shoiri” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkaziladi.

Ko‘rik-tanlov Bolalar kutubxonalari mas’ulligida iyul-avgust oylari davomida (22-iyuldan 20 avgustga qadar) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarning 5-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida to‘rt bosqichda (maktab, tuman (shahar), viloyat, respublika) o‘tkaziladi.

Tanlov Nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishing!

Aziz o‘quvchilar! Yozgi ta’tilda Sizni qiziqarli festivallar va tanlovlar, professional bosqichlar, boy ekskursiyalar, ko‘plab syurprizlar va sovg‘alar kutmoqda!

Siz istagan eng zo‘r va noyob takliflar bilan ilhomlantirish bizning ustuvor vazifamizdir.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site