Get Mystery Box with random crypto!

Hakim Fuzayov. G'alaba qozonish hardoim ham yoqimli. Lekin, ya | PFC_BUKHORO

Hakim Fuzayov.
G'alaba qozonish hardoim ham yoqimli. Lekin, yana jamoamiz katta ustunlikka erishib, ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovuryapti. Birinchi taymning o'zidagi vaziyatlarimizni golga aylantira olganimizda, hisob yirik ko'rinishga kelardi. Yigitlarda ozgina sovuqqonlik yetishmayapti, nazarimda. Bu borada mashg'ulotlarda qattiq mehnat qilamiz, boshqa yo'limiz ham yo'q. Yigitlarga kurashganlari uchun va muhim 3 ochkoni qo'lga kiritganlari uchun tashakkur. Kurashishda davom etamiz. Birinchi bo'limdan farqliroq, ikkinchi bo'limda hisobdan kelib chiqib qarshi hujumda o'ynagandek ta'surot uyg'otgandir, lekin bu futbolchilarning psixologiyasi bilan bog'liq hol. Nima bo'lgan taqdirda ham to'p bilan muomala qilish borasida ustunlik biz tomonda bo'ldi. Haqiqiy "Buxorocha" derbiga guvoh bo'ldik. Ro'zimboy Ahmedov va Song Longjini bir vaqtda maydonga tushishini ko'rishimiz mumkinmi? Ha, mumkin! Turnirning asosiy pallasi yaqinlashmoqda, siz ularni bir vaqtda, maydonda albatta ko'rasiz.



PFK BUXORO MATBUOT XIZMATI