Get Mystery Box with random crypto!

Onamga Dunyoda neki ģam borini totgan Tashvishlar zarbidan ju | IJODKOR YOSHLAR BUXORO VILOYAT BOLALAR KUTUBHONASI.

Onamga
Dunyoda neki ģam borini totgan
Tashvishlar zarbidan jussasi qotgan
Necha bir tonglari uyqusiz otgan
Ey Tangrim, besh kunlik yoruģ dunyoda
Onamning umrini qilgin ziyoda.
Anqiydi onamdan mehrning isi
Zarra ham topilmas qahrning izi
Ròyobga chiqsinda onam orzusi
Onamning orzusin yòyib ròyoga
Onamning umrini qilgin ziyoda.
Chehrasi xushròyim kòngli yarimta
Onamning yuragi bòlingan- nimta
Farzandlar rohatin kòrsin albatta
Rohatda yursinda, mayli piyoda
Onamning umrini qilgin ziyoda.
Volidam oldida qarzlarim katta
Bu qarzimni uzib bòlmas albatta
Rizolar qilolsam borki fursatda
Onamning boridan boshim samoda
Onamning umrini qilgin ziyoda.

Buxoro viloyati G'ijduvon tuman 31-maktab 4-B sinf òquvchisi Qiyomova Vasila