Get Mystery Box with random crypto!

BUXORO MAKTABI

Telegram kanalining logotibi buxoro_maktabi — BUXORO MAKTABI B
Telegram kanalining logotibi buxoro_maktabi — BUXORO MAKTABI
Kanal manzili: @buxoro_maktabi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 5.10K
Kanalning ta’rifi

Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi «BUXORO MAKTABI» xususiy maktabi va o'quv markazining rasmiy telegram sahifasi.
📩 Bog’lanish uchun:
📞 998-94-851-66-66
📞 998-94-852-66-66
📞 998-90-715-60-06

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-02-13 16:30:26 ​​Германия олти дақиқалик илиқ қарсаклар билан Меркел билан хайрлашди.

Немислар уни ўзларига раҳбарлик қилишини истади ва Меркел 18 йил давомида 80 миллиондан ортиқ немисларни ўз малакаси, маҳорати, фидойилиги ва самимийлиги билан бошқарди.

Мамлакатидаги ушбу ўн саккиз йиллик раҳбарлик даврида унга нисбатан ҳеч қандай қонунбузарликлар қайд этилмаган ... У биронта қариндошини лавозимга тайинламаган ... У ўзини шон-шараф яратувчиси деб даъво қилмаган ... У ҳеч қандай аҳмоқона гапларни гапирмаган.

Ҳа, бу ўша (Aнгела Меркел) “Дунё хоними” деб тан олинган ва олти миллион эркакка тенг деб таърифланган аёл.

Яқинда Aнгела Меркел партия раҳбарияти лавозимини тарк этиб, уни ўзидан кейин бўлганларга идеал ҳолатда топширди.

Шу куни немисларнинг реакцияси тарихда мисли кўрилмаган бўлди — одамлар уйларнинг балконларига чиқдилар ва ҳеч қандай дабдабали тантана-маросимларсиз 6 дақиқали илиқ қарсаклар билан Меркелни кузатишди.

Германия мамлакатнинг одмигина етакчиси, мода ёки ҳашамга қизиқмаган ва кўчмас мулк, машиналар, яхталар ёки хусусий самолётлар сотиб олмаган кимёвий физик аёл билан хайрлашди.

У 18 йилдан кейин ўша сизга таниш устидаги бир хил либосида ўз лавозимини тарк этди.

Бир матбуот анжуманида аёл журналист Меркелдан сўради: “Биз сизнинг кийимларингиз такрорланганини пайқадик. Нега? “

Меркел жавоб берди: “Мен давлат хизматчисиман, модел эмасман”.

Бошқа бир матбуот анжуманида ундан: “Уйни тозалайдиган, овқат тайёрлайдиган ва ҳоказо хизматкорларингиз борми?”, деб сўрашди.

Унинг жавоби қуйидагича бўлди: “Йўқ, менинг ишчиларим йўқ ва улар менга керак эмас. Уйда бу ишларни эрим ва мен қиламиз“.

Кейин бошқа бир журналист “Ким кийим ювади, сизми ёки эрингизми?”, деб сўради.

Жавоб бундай бўлди: “Мен кийимларни тартибга келтираман, эрим кир ювиш машинасини бошқаради ва бу одатда кечаси содир бўлади”.

У сўзини якунлаб: “Сиздан мендан ҳукуматдаги ишимиздаги ютуқ ва камчиликлар тўғрисида сўрашингизни кутган эдим”, деди.

Меркел хоним оддий фуқаролар сингари кичик квартирада яшайди. У Германиянинг Бош вазири этиб сайлангунига қадар ҳам шу хонадонда яшаган. Унинг на вилласи ва на хизматкори бор.

Бу Aнгела Меркел, Европада энг иқтисоди гуркираган Германиянинг Федерал канцлери!
Манба: интернет
@imaginative_girl
714 viewsAzizbek Ibragimov, 13:30
Ochish/sharhlash
2021-02-13 13:08:28
Tavallud ayyom muborak, aziz ustoz!

«BUXORO MAKTABI» ning bir necha yillik ustozlaridan biri, ko’p yillardan buyon maktabimizda mehnat qilayotgan, ingliz tili fanidan ko’p abituriyentlarni talaba bo’lishiga sababchi bo’lgan, talabchan, qattiqo’l, mehnatsevar ustozimiz, akamiz:

AHMAD JO’RAYEV

Ummat bo’lgan kuningiz bilan tabriklaymiz! Sizga hayotingizda farovonlik, baxt, omad, yaxshi kayfiyat doimiy hamrohingiz bo‘lsin! Yaqinlaringiz mehr-oqibatiga, hamkasblaringiz hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘ling! Oilangizga va barcha yaqinlaringizga sog‘lik-salomatlik hamda farovon turmush kechirish baxtini tilab qolamiz!

Sizda eng qimmatli narsa — bolalar ishonchi bor va siz ularni yaxshi ko'rasiz va ularga kerakli bilimlarni o'rgatasiz. Kasbingiz oson emas, lekin butun hayotingiz va baxtingiz unda. Bizning o'qituvchimiz bo'lganingiz uchun rahmat. Sizga omad va katta baxt tilaymiz!

Kommentariyada siz ham ustozimizni tabriklab qo’ying!

@buxoro_maktabi
2.7K viewsSultonov Ulug'bek, edited  12:45
Ochish/sharhlash
2021-02-13 10:28:03 Oʻzga yurtlarda tirikchilik koʻyida yurgan aka-ukalarimizga bagʻishlanadi.
Onam
Olis safarlarda muzlab jon-tanim,
Issiq bagʻringiz sogʻindim onam.
Bugun qucha olmas sizni qoʻllarim,
Bilinar qadringiz har damda onam.
Qildingiz duolar omad bersin deb,
Qildingiz duolar shod quvnasin deb.
Qildingiz duolar omon boʻlsin deb,
Duoingiz roʻyobi yaqindir onam.
Sezyapman, oʻylaysiz meni har on,
Oʻylaysiz, xatto sursam ham davron.
Bu holni koʻrganlar boʻlurlar hayron,
Endi qaygʻuryapman siz uchun onam .
Niyatim bir bora Kaʼbada koʻrsam,
Bilaman mehringiz oldidadur kam.
Sizga yoʻlamasin hech gʻam-alam,
Jannatlar ustidagi jannatim onam!
Axror Valiyev.
739 viewsAzizbek Ibrohimov Azizbek Ibrohimov, 07:28
Ochish/sharhlash
2021-02-13 10:21:13 "Фарзандлари тарбиясига лоқайд қараган миллатлар инқирозга маҳкумдир. Уларни бегона қўллар ва бегона маданиятга таслим этганлар ўзини йўқотишга маҳкумдир. Бугунги кунда тузумнинг юзи қоралари ҳисобланган ожизлар, золимлар, ароқхўрлар, бузуқлар, бангилар, исёнкорлар кечаги кунда тарбиясига бепарво қаралган болалардир".

@MubashshirAhmad
713 viewsAzizbek Ibragimov, 07:21
Ochish/sharhlash
2021-02-13 08:30:22
Oʻqish miyani fokus qilishga yordam beradi. Soʻzlar zaxirasini koʻpaytiradi, tasavvurni kengaytiradi va miyani faolligini oshiradi. Bundan tashqari, oʻqish – stressga qarshi eng yaxshi usul (69% stressni pasaytiradi). Uyqudan oldin oʻqish yaxshi va sogʻlom uyquga ketishga yordam beradi.
740 viewsHabibulloh , 05:30
Ochish/sharhlash
2021-02-13 07:49:54 Таълимни талаб қилиб, тарбиядан сесканадиганларни тушунса бўлади. Тарбия нафсни қийнаш эвазига юзага келади. Унинг бетизгин ҳаракатини ақл доирасига киритиш тарбия дейилади. Бу эса нафси ҳакалак отганлар учун ўта оғир жараён.

Тарбиясиз илм ва таълим инсониятни ҳалокат сари етаклайди. Атом ва биологик қирғин қуроллари ихтироси, экологияни абгор қилиш эвазига иқтисод юксалиши, мисли кўрилмаган ахлоқий таназзул воситалари.. ва ҳоказолар мисол.

Демак, таълим ва тарбия эт ва тирноқ каби. Бу ҳақиқатдан сесканиш тарбиясизлик ёки ҳақиқатдан кўз юмиш холос.
711 viewsHabibulloh , edited  04:49
Ochish/sharhlash
2021-02-13 06:32:23 ​​ Yil yakuniga qadar barcha oliy ta'lim muassasalarida “Volontyorlar maktabi” tashkil etiladi

Yoshlar ishlari agentligining xabariga ko'ra, shu yilning fevral va mart oylarida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining barcha hududiy boshqarmalari qoshida “Volontyorlar maktabi” tashkil etiladi.

Bundan tashqari, yil yakuniga qadar barcha oliy ta'lim muassasalarida ham “Volontyorlar maktabi” tashkil etilishi ma'lum qilindi.

«Birgalikda ezgulik ulashamiz: sizda ham volontyor bo'lish imkoniyati bor! Agar siz o'z oldingizga jamiyat rivojiga hissa qo'shish, insonlarga ko'mak berishdek ezgu maqsad qo'ygan bo'lsangiz, safimizga qo'shiling.

Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting. Biz siz bilan tez orada bog'lanamiz», deyiladi Yoshlar ishlari agentligining xabarida.

Pandemiya davrida volontyorlarning insonlarga juda katta yordamlari tegdi. Ularning xolis xizmatlari beqiyos. O'ylaymizki, siz ham bunga befarq bo'lmaysiz. Insonlarga ko'mak berishdek ezgu ishlarda barchamizni bardavom qilsin.

@yoshlaragentligi
@alisher_sadullaev
733 viewsHabibulloh , 03:32
Ochish/sharhlash
2021-02-13 06:16:13 Bir obunachimiz dardini ustoziga men orqali yetkazmoqchi bo'lyapti.

Ustozlariga yetib borsa ajabmas. Chunki meni kuzatib borarkanlar.

Ular biologiya fani o'qituvchisi ekan. Abituriyentlariga esa majburiy fanlardan imtihon bo'lmaydi deb uqtirarmishlar. Hatto bolalarga kimyo va biologiyadan boshqa fanlarni o'qishga sharoit yaratib bermas ekanlar. Haftaning hamma kunini tushgacha va tushdan keyin ham hatto band qilibdilar.

O'quvchilari esa faqat asosiy bloklar bilan o'qishga kirolmayman deb o'ylarkan. O'qituvchilari salohiyatli bo'lgani uchun ularning kurslaridan ham ketolmas ekanlar.

Afsuski, shunday o'qituvchilar juda ko'p. Asosiy bloklarga urg'u qaratishni maslahat bermayman. Olloh ularni to'g'ri yo'lga chorlasin!

Namoz malimdan salom!

Rostanam shu gaplarda jon bor.

@buxoro_maktabi
730 viewsСанжар, 03:16
Ochish/sharhlash
2021-02-12 22:56:45 Ko'plab ota-onalar va abiturientlarning talablariga binoan 2021-yil 13-fevral 12:00 5/2-mavzesi 2-uyda noldan boshlab ona-tili adabiyotdan Mavlon Burxanovning oxirgi yangi guruhi ochilyapti. Darsga kech qolmasdan faqat tinglovchining o'zi yetib kelsin."BUXORO MAKTABI"

| Telegram | | Instagram |
733 viewsAzizbek Ibragimov, 19:56
Ochish/sharhlash
2021-02-12 22:19:13
1.3K viewsAzizbek Ibragimov, 19:19
Ochish/sharhlash