Get Mystery Box with random crypto!

Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? #abituriyent #qabu | BUXORO EDUCATION

Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent #qabul2022

Joriy yilda abiturientlarga ro'yxatdan o'tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

Bunda abiturient ustuvorlik sifatida:

Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta'lim yo'nalishlarida dastlab davlat granti, so'ngra to'lov-kontrakt asosida;

Davlat granti va to'lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir ta'lim yo'nalishida davlat granti va to'lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abiturient tanlagan ta'lim yo'nalishlarining qat'iy ketma-ketligi bo'yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to'lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abiturientlardan ustuvorlikni belgilashda e'tiborli bo'lishlarini so'raymiz, deyiladi DTM xabarida.

Ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma:



By @xushnudbek


@buxoroeducation