Get Mystery Box with random crypto!

Aziz yoshlar! Barchangizni bugungi shodiyona — 30 iyun — «Yosh | Buxoro viloyat Davlat aktivlari boshqarmasi! Rasmiy kanal

Aziz yoshlar! Barchangizni bugungi shodiyona — 30 iyun — «Yoshlar kuni» munosabati bilan muborakbod etaman!

Yoshlik — bu kelajakka bo‘lgan ishonch, kuch, jasorat hamda ulkan kashfiyotlar bebochasi, dunyolarni o‘zgartirishga qodir ulkan salohiyat davridir!

Vatanimizning jahon sahnidagi o‘rnini yanada yuksaklarga ko‘tarish orzusida harakatdan charchamayotgan barcha yoshlarga sog‘lik va baxt tilab qolaman. Hayotingiz hamisha yorqin lahzalarga hamda unutilmas onlarga boy bo‘lsin! Aniq maqsadlar yo‘lida doimo olg‘a intilish hissi hech qachon so‘nmasin!

Shuni unutmangki, sizni oldinda yangi imkoniyatlar, zafarlar bilan birga, ne-ne sinovlar, yuksak dovonlar, murakkab va sharafli yo‘llar kutmoqda. Umr yo‘lingiz davomida insoniy fazilatlar, komillikka intilib yashash tuyg‘usi sizlarni aslo tark etmasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Sattarov Xayrulla Fayzullayevich
«Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi ijro etuvchi direktori

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation