Get Mystery Box with random crypto!

Omadli sotuvchining sirlari. 1 Do’stlashishdan boshlang. Not | BUSINESS INVEST

Omadli sotuvchining sirlari.


1 Do’stlashishdan boshlang. Notanish odamdan ko‘ra, sizning muammolaringizni tushunadigan tanishingizdan sotib olish osonroq. Shu bois mahsulotni taklif qilishdan avval mijozga o‘zi, uning muammolari va “og‘riqlari” haqida gapirish imkoniyatini bering. Agar iloji bo‘lsa, u haqida oldindan biror narsa bilib oling..
2 Eshitishni o‘rganing
. Mijoz bilan muloqotda bo‘lgan vaqtingizning 50% dan ko‘p bo‘lmagan holatda gaplashishingiz kerak. Uning so‘zlariga eʼtibor qarating, uning muammosiga “ko‘nikib oling”. Mijoz sizga ishonadi va suhbat chog‘ida o‘zi haqida bebaho maʼlumotlarni berib boradi. Olingan bilimlar mahsulot yoki xizmatning qiymatini mijozga yetkazishga yordam beradi.
3 Mijoz bilan uning tilida “gaplashing”.
Sohaga oid atamalarni ko‘p gapirish bilan biz potensial xaridorning 95 foizini begonalashtiramiz. Haqiqiy professionalning nutqi suhbatdosh bilan bir xil darajada quriladi: ham professional, ham 5 yoshli bola sizni tushunishi kerak!
4 Mahsulotning narxiga emas, balki uning qiymatiga urg‘u bering
.
Pul haqida gapirishdan uzoqlashing va mijoz oladigan foydasi haqida ko’proq gapiring .
5 Mahsulotingizni seving!
Agar siz o‘zingiz sotayotgan mahsulot yoki xizmatni “yaxshi emas” deb hisoblasangiz, uni qanday maqtashingizdan qatʼiy nazar, suhbatdosh o‘zini aldangandek his qiladi. Mahsulotning barcha afzalliklarini oldindan toping va taqdimotingizda bu haqida albatta gapiring.
6 Sotayotgan narsangizni yaxshilab o‘rganib chiqing
. Mahsulot haqida batafsil professional hikoya kompaniyangiz va shaxsan sizning obro‘ingizni oshiradi. Shu bilan birga, mijozning o‘zini qiziqtirgan va muhim deb hisoblagan savollarni berishini unutmang. Menedjerning vazifasi ularga iloji boricha to‘g‘ri javob berishdir.
7 Mijozga sotmang, tanlov qilishiga yordam bering.
Xaridor o‘ziga nima kerakligini biladi. U nimani olishni xohlayotganini oldindan tasavvur qiladi. Shuning uchun, uning kelajakdagi xarid haqidagi g‘oyalarini buzmang, balki ularni taklifingiz bilan solishtirishga yordam bering.
Va eng muhimi, barcha harakatlarimiz his-tuyg‘ularga asoslanganligini unutmang.

Instagram| Telegram | You Tube