Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Ko'chmas mulk sotib olish arafasida bo'lsangiz h | BURXON BAXTIYOROVICH

#Bilasizmi

Ko'chmas mulk sotib olish arafasida bo'lsangiz hamda turli xil noqulay va noxush vaziyatlarga tushmaslikni oldini olishni istasangiz, unda ushbu obyekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish foydadan holi bo'lmaydi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Juda oddiy, siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, ma'lum bir ko'chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma olishingiz mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi.

Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.

Xizmat narxi - 15 000 so'm (BHMning 5 foizi) miqdorida

Xizmat ko'rsatish muddati – 3 ish kuni

Kanalga ulanish Telegram