Get Mystery Box with random crypto!

BUZOQ burji haqida malumot Buzoq burjida tugʻilgan insonlar m | Burjlar xarakteri va mosligi🪐

BUZOQ burji haqida malumot

Buzoq burjida tugʻilgan insonlar mehnatsevarligi va sabr bardoshliklari bois juda koʻp muvaffaqiyatlarga erishadi.

Oʻz oldilariga qoʻygan maqsadlaridan osonlikcha voz kechmaydi. Boshqalarning maslahatlariga kam hollarda quloq tutishadi.

Ularni biror kim ranjitib qoʻysa uzoq vaqtgacha unutolmay yurishadi deb takidlashgan.

Bu burjga mansub insonlarning eng nozik nuqtasi tomogʻi shuning uchun ular doimo vrach nazoratida boʻlishi va boʻynilariga sharf oʻrab olishini maslaxat beramiz.

Umuman olganda bu burj egalari sogʻlom va xarakatchan. Oʻzini yomon his etsada buni oshkor qilmaydilar. Kasalliklarni osongina yenga olishadi.


Ayollarning feli keng, maftunkor boʻlganligi bois yoshlik chogʻlarida ishqiy sarguzashtlarni boshidan oʻtqazishadi. Buzoq burjiga mansub erkaklar keng yelkali va baqquvat boʻlishi bilan boshqlardan ajralib turadi.

Ayollar esa sevgan insonini dastlab kuzatib keyin rozilik bildiradi. Turmush qurgach havas qilsa arzigulik uy bekasiga aylanadi. Kundalik turmush tarzini uy yumushlari bilan oʻtqazishni hushlashadi.

Oʻz oilalari haqida qaygʻurib, ularga chin dildan egalik qilishadi. Hech qachon xiyonatga qoʻl urmaydi. Haqiqiy goʻzallik shaydolaridir, bogʻlar barpo etishni, rasm chizish va musiqa ularning jonu dili.

Quvnoq insonlar orasida boʻlishga intiladi. Buzoq burji orasidan musiqachilar, aktyorlar, va tijoratchilarni uchratish mumkin. Yuksak choʻqqilar sari sekin lekin ishonch bilan qadam tashlaydi.

Mos juftlar
Parizod, Baliq, Qisqichbaqa.

To‘g‘ri kelmaydigan
Qo‘y, Egizaklar, Qovg'a

Yoqtiradigan rangi: Sariq, moviy va barcha bahorgi ranglar.

Yoʻldoshi: Venera, Oy.

Omadli kunlari: Dushanba, juma.

Omadsiz kunlari: Seshanba.

Yoqtiradigan guli: Marvaridgul, nastarin.

https://t.me/burjlar_haqida_Manoli_sozlar