Get Mystery Box with random crypto!

Eshitdinglarmi mandat chiqibdi.... #mandat - Ha yo'g'i - Ha m | Bekzod Burxonov | Shaxsiy blog

Eshitdinglarmi mandat chiqibdi....
#mandat
- Ha yo'g'i
- Ha mandat chiqibdi.

O'sha mandatdan bugun
ikkinchi bor hursand bo'ldim. Birinchisi o'zim o'qishga kirganda... Ikkinchisi esa qadrli qondosh jigarim opam Nafisa Saydazimovnaning bugun Jurnalistikaga o'qishga kirganini ko'rib juda juda hursand bo'ldim. Opam 3 farzand onasi, "Mehr mamlakati" kitobi va ko'plab she'rlar muallifi shoira, maktab targ'ibotchisi... Opam ancha oldin ham o'qishi mumkin edi. Ammo, sharoit sabab (2 ta akam kontraktda oʻqiyotganligi tufayli) o'qimadi. Ilm olishning kechi yo'q deyishadi... Rost gap mana opam ham 37 yoshida talaba bo'ldi. Opajon talabalik baxti bilan muborak etaman. Barokatli va hayrli bo'lsin.

P/S: Menda shunaqa gaplar...
Azizlarim sizlardachi ko'p kutilgan mandat qanday kayfiyat olib keldi?

@burhonovbekzod