Get Mystery Box with random crypto!

Bunyodbek Anvarjonov | Rasmiy blog

Telegram kanalining logotibi bunyodbek_anvarjonov — Bunyodbek Anvarjonov | Rasmiy blog B
Telegram kanalining logotibi bunyodbek_anvarjonov — Bunyodbek Anvarjonov | Rasmiy blog
Kanal manzili: @bunyodbek_anvarjonov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 316
Kanalning ta’rifi

Matematik va Mnemotrener
Bunyodbek Anvarjonovning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
*instagram.com/bunyodbek_anvarjonov
*twitter.com/bunyodbek_9696
*fb.me/bunyodbek_anvarjonov
*tiktok.com/@bunyodbek_anvarjonov
Takliflar uchun: @Bunyodbek_Baxodirovich

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-14 19:39:21
#yodlab_kõring

Ushbu rasmdagi 16 ta buyumni tartibi hamda teskari tartibi bilan yodlab qolishingiz uchun qancha vaqtingiz ketadi?!

Mnemonika orqali atigi 1 daqiqa ichida ushbu buyumlarni ketma-ket va teskari tartibda esdan chiqmaydigan qilib yodlashning iloji bor.

Yaqinlarga ham jo‘natib qo‘yamiz

@Bunyodbek_Anvarjonov
1.9K views16:39
Ochish/sharhlash
2022-12-11 17:52:03
#mnemonika_darslar

Mnemonika bilan shug'ullanishning asosiy sabablari.

1. So'z boyligi. Til o'rganish yangi so'zlarni yodlashdan boshlanadi. Va bu jarayon hadeb takrorlashdan iborat bo'lganligi uchun zerikarli va sekin tuyuladi. Agarda siz mnemonik usullarni bilsangiz, sizning yangi so'zlar eslab qolish qobiliyatingiz bir necha baravariga ortadi va chet tillarini o'rganish qiziqishi yanada ko'payadi.

2. Ishonch. Nega biz telefon raqamlar, ismlar, notanish so'zlarni eslab qola olmaymiz? Va nega bu vazifani axborot tashuvchi uskunalarga ishonib topshiramiz? Demak biz o'z xotiramizga ishonmaymiz va unga biror bir ish yuklamaymiz.

Bu ishonchsizlikni uzoq tanishimizni uchratganda sezishingiz mumkin. Qarshingizdagi inson sizni ismingizni bilsayu, siz uning ismini esla olmasangiz juda noqulay holatga tushasiz. Bunday vaziyatlar ro'y bermasligi uchun siz mnemonika mashqlarini bajarishingiz kerak bo'ladi.

-bugungidan yaxshirog'i uchun kurashamiz!

Yaqinlarga ham jo‘natib qo‘yamiz

@Bunyodbek_Anvarjonov
531 views14:52
Ochish/sharhlash
2022-12-10 13:50:36
E'tibor va analizni ishga solamiz.
Rasmda 639 raqamini toping. Tasavvur qiling bomba portlashiga 15 soniya qoldi . Topmasangiz Boooom


@Bunyodbek_Anvarjonov
490 views10:50
Ochish/sharhlash
2022-12-08 17:42:08 20 daqiqa qoldi! Soat 20:00 da boshlaymiz. Qulayroq joylashib oling. Shu havola orqali kirasiz:

467 viewsedited  14:42
Ochish/sharhlash
2022-12-08 17:40:50 20 daqiqa qoldi!

Soat 20:00 da boshlaymiz. Qulayroq joylashib oling.

Shu havola orqali kirasiz:

411 views14:40
Ochish/sharhlash
2022-12-08 11:03:21 Bugun

Va nihoyat, bugun soat 20:00 da bepul masterklass boshlanadi.

Masterklassga kirish uchun havolani shu kanalga yuboraman.

Bugun, dangasalik kelib chiqish sabablari va sizning dangasalik darajangizni aniqlaymiz

Muhim eslatma. 20:00 gacha barcha ishlaringizni tugatib, masterklassga tayyor turing.

Chunki bugun juda ham muhim bo’lgan amaliy mashqlarni bajaramiz.

Tayyormisiz?
393 views08:03
Ochish/sharhlash
2022-12-08 11:01:52 Dangasalikdan qutilib, maqsadingizga tezroq erishish uchun atigi 4 narsa kerak bo'ladi.

1. Dangasalik kelib chiqish sababini aniqlash
2. Dangasalik darajasini aniqlash
3. Darajaga mos usul tanlash
4. Shu usul bilan muntazam shug'ullanish

2 kun davomida sizga shu 4 qadamni amaliyotda bajarishni qadam-baqadam o'rgataman.

Masterklass boshlanishiga 1 kun qoldi. Ertaga soat 20:00 da boshlaymiz.

Kutyapsizmi?
365 views08:01
Ochish/sharhlash
2022-12-05 09:02:07
Kitob o'qish haqida

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kitob o‘qishdagi tajriba va tavsiyalaridan:
«Har bir kitobni boshlashda o‘sha kunni daftarga qaydlab qo‘yasiz. Kitobda tushuna olmagan, savol tug‘ilgan o‘rinlar uchun ham daftarga ishora qo‘yib borasiz. Biror jumla yoki gapni tushuna olmasangiz, ko‘p o‘ylanib vaqtni ketkazmaslik kerak, vaqti-soati kelib, biror joydan o‘sha gapning sodda ifodalangan shakli chiqib qoladi, jumboq o‘z-o‘zidan yechiladi. Keyin kitobni tugatgan sanangizni belgilaysiz. Shunda qancha va qaysi kitoblarni o‘qiganingiz ko‘z o‘ngingizda bo‘ladi. Bu holat sizga yanada shijoat beradi».

Yaqinlarga ham jo‘natib qo‘yamiz

@Bunyodbek_Anvarjonov
505 views06:02
Ochish/sharhlash
2022-11-27 08:04:10 Mental arifmetikaning "zarar"lari.

Agar farzandingiz mental arifmetika bilan shug‘ullanayotgan bo'lsa, ehtiyot bo'ling, quyidagi tuzatib bo‘lmaydigan holatlar yuz berishi mumkin:

Abakusda mashq qilish jarayonida bola ikki qo'lining motorikasini intensiv ravishda rivojlantiradi, har qanday harakatni ustun bo'lmagan qo'l bilan bajarishga o'rganadi. Natijada, u bir vaqtning o'zida ikki qo'li bilan ikkita qoshiqni ushlab turishi va muzqaymoqini sizga qaraganda ikki baravar tez yeyishi mumkin bo'ladi.

Mental arifmetika bilan shug'ullanishning eng muhim natijasi shundaki, e'tiborning yaxshilanishi va diqqatining sifatini oshishi hisoblanadi. Bola har xil mayda-chuyda narsalarni payqab qoladi va unga atab qo'ygan sirli sovg'alaringizni muddatidan oldin topa oladi.

Uzoq vaqt davomida qiyin bo'lgan vazifaga diqqatini qaratish orqali mustahkam diqqat qobiliyatiga ega bo'ladi, tashqi ta'sirga qaramay, bola uy vazifasini o'zi bajarishni o'rganadi. Natijada, ota-onalarning bilim darajasi halokatli ravishda tushishi mumkin.

Hech qanday shubha yo'qki, hisob-kitoblarning oraliq natijalarini ko'p miqdorda ushlab turish uchun bolada operativ xotira hajmini rivojlantirish kerak bo'ladi. Kelajakda u sizni va tengdoshlaringizni turli intellektual o'yinlarda osonlikcha mag'lub qiladi, chunki faqat chiqadigan kartalarni yodlab olish va mumkin bo'lgan kombinatsiyalarning ehtimolligini hisoblash oson bo'ladi. (shuning uchun ular bilan aql borasida kuch sinashmaslik yaxshiroq).

Ko'p miqdordagi qo'shimcha mashqlar tufayli uzoq muddatli xotira ham rivojlanadi. Siz va'da berganingizdan qat'i nazar, barcha va'dalarni bajarishingizga to'g'ri keladi.

Katta miqdordagi o'rganilgan ma'lumot bolani bilimga chanqoq qiladi. Shuning uchun tez o'qish uchun uni qo'ymang, bola ko'p o'qiydi va tobora yangi kitoblarni talab qiladi!

Bola o'z fikriga ega bo'lishni va uni himoya qilishni o'rganadi, u o'ziga ishongan va jasoratli bo'ladi. Yoki munozarali va haqiqatni sevadigan emas, balki tinch va kamtarin bolaga ega bo'lish yaxshiroqdmi? Haqiqatmi? Shundaymi?

Tez hisoblash imkoniyati bolaga sizning cho'ntak pullaringizni hisob-kitob qilishga va sotuvchilarni esa qaytimlarni hisoblashida adashmasligiga yordam beradi. Bitta so'z bilan, tirik kalkulyator.

Umuman olganda, biz sizni oldindan ogohlantirdik!

Manba: IQROKIDS

Yaqinlarizga ham ulashing

@Bunyodbek_Anvarjonov
501 views05:04
Ochish/sharhlash
2022-11-23 07:12:50
Shaxmatning xotiraga ta’siri

Odatda, shaxmat ustalari hayotda ancha mulohazali va aqlli ko’rinishadi. Aslida ham shundaymi? Shaxmat bilan shug’ullanishning miyaga ijobiy ta’siri bormi?

Hozir Sizlarga shaxmat o’ynashning miyaga 10ta ilmiy isbotlangan foydasi haqida gapirib beramiz:

IQ darajangizni oshiradi;
Altsgeymer kasalligi kelib chiqishi oldini oladi;
Ikkala miya yarim sharini ham rivojlantiradi, ya’ni mashq qildiriadi;
Kreativlik qobiliyatingizni o’stiradi;
Xotirangizni yaxshilaydi;
Tanqidiy fikrlash xususiyatingizni rivojlantiradi;
O’qish tezligingizni oshiradi;
Diqqatni jamlash ko’nikmangizni yaxshilaydi;
Miyaning neyron shoxlash jarayonini tezlashtiradi;
Oldinni ko’ra bilish va rejalashtirish qobiliyatlaringizni yaxshilaydi.

Yaqinlarga ham jo‘natib qo‘yamiz

@Bunyodbek_Anvarjonov
478 views04:12
Ochish/sharhlash