Get Mystery Box with random crypto!

Aziz bolajonlar! Sizni “1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya | Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Bulungʻur tuman Kengashi

Aziz bolajonlar!

Sizni “1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Bulung'ur sardorlar kengashi jamoasi nomidan tabriklaymiz.

Siz bilan hamisha bolalikning baxtiyor damlarini his etamiz, birga kulamiz, birga yig’laymiz, birga o’ynaymiz. Siz bilan birga bo’lish biz uchun sharaf. Sizning quvonchingiz biz uchun har narsadan ustun.

Siz yashash, davolanish, bepul ta'lim olish, atrof-muhitni himoya qilish va kattalar himoyasida bo'lish huquqlariga egasiz. Sizning huquqlaringiz – qonun bilan kafolatlangan.

Tashkilotimiz nomidan Sizdan o'qish va rivojlanishdan to'xtamasligingizni, o'z oldingizga katta maqsadlarni qo'yib, ularga erishish uchun a'lo baholarga o‘qishingizni, tinimsiz bilim olishingizni, kitob o'qishingizni, mehnat qilishingiz va sog’lom bo’lishingizni so’rab qolamiz.

Har kuningiz quvonchga to’lsin,"Vatan, do’stlik va baxtli bolalik uchun!" shiori doimo hamrohingiz bo’lsin!

Bizning kanal:
@bulunguryoshlari