Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent aeroportida mehmonxona ochiladi. Bu amaliyot Oʻzbekis | BUKUN Yangiliklar

Toshkent aeroportida mehmonxona ochiladi. Bu amaliyot Oʻzbekiston tarixida ilk bor yoʻlga qoʻyilmoqda. Xonalar ko‘rinishi quydagicha bo'ladi.

Mehmonxonaga tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot tablosi, yotoq va yuvinish xonasi taqdim etiladi. Qabulxona kecha-yu kunduz ishlaydi va har bir yo‘lovchiga samolyotga chiqish uchun individual taklifnoma taqdim etiladi.

Ikki qavatli mehmonxonada 27 ta xona bo‘ladi. U yaqinda ochilgan Art Bazaar savdo pavilyoni kabi sharqona uslubda quriladi. Loyiha ustida ishlash uchun taniqli dizayner Bobur Ismoilov taklif etilgan.

Mehmonxonaning umumiy maydoni 240 kv metr, boshlang‘ich yillik qiymati 325 mln so‘m.

Amalda.uz Telegram kanali