Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekistonda YouTube monetizatsiyasi boʻyicha muammo koʻrib c | BUKUN Yangiliklar

Oʻzbekistonda YouTube monetizatsiyasi boʻyicha muammo koʻrib chiqiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Komil Allamjonov Oʻzbekistonning AQShdagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Uchrashuvda turli loyihalar boʻyicha fikr almashilgan. Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etish masalalarini muhokama qilingan.

Taʼkidlanishicha, koʻplab blogerlardan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Shu bois uchrashuvda elchi bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni oʻrganish boʻyicha kelishib olingan.

Amalda.uz Telegram kanali