Get Mystery Box with random crypto!

Yozgi ta’til harbiy qismda maroqli o‘tmoqda O‘zbekiston yo | Mahliyo Shavkatovna

Yozgi ta’til harbiy qismda maroqli o‘tmoqda

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Ichki ishlar vazirligi Qoravul qo’shinlariga qarashli 7532-sonli harbiy qism brigadasida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruxida tarbiylash va yozgi ta’til vaqtini maroqli tashkil etish maqsadida “Yoshlar vatanparvar lageri ” loyihasi tashkil etildi. Loyiha doirasida harbiy qism kun tartibiga asosan yoshlar harbiy qismda mehmon bo‘lishadi. Tadbirning dastlabki kuni yoshlar orkestr sadolari ostida tantanovar tarzda kutib olindi. Yoshlar uchun maxsus tayyorlangan “Vatanparvarlik lageri” nishonlari taqib qo‘yildi. Shundan so‘ng yoshlarga kun tartibiga asosan tushlik tortildi, tushlikdan so‘ng shaxmat,shashka o‘yinlari va harbiy qism hayoti aks etgan videoroliklar namoyish etildi. Kun maroqli tarzda yoshlar uchun o’zgacha hissiyotlarni uyg‘otdi. Kun issiq bo‘lishiga qaramay vaqtini mazmunli tashkil etish uchun yoshlarning harbiy qismdagi kunlari davom etadi.