Get Mystery Box with random crypto!

IYUL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR 1483 yil— | Mahliyo Shavkatovna

IYUL SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR

1483 yil— Angliyalik Richard III taxtga o‘tirgan;

1687 yil— Isaak Nyuton Londonda o‘zining mashhur "Philosofiae naturalis principia mathematika"—amaliy matematika, astronomiya va fizika, shu jumladan, butun olam tortishish nazariyasi sohasidagi kashfiyotlarini o‘z ichiga olgan asarini nashr ettirgan;

1785 yil —Dollar AQSHning milliy valyutasiga aylangan;

1789 yil — Fransiya milliy yig‘ilishi o‘zini Ta’sis yig‘ilishi deb e’lon qilgan va qirol hokimiyatiga nisbatan xalqning suverenitetini e’lon qilgan;

1809 yil —Napoleon buyrug‘i bilan Papa Piy VII Vatikandan o‘g‘irlanib, Grenoblga olib ketilgan;

1854 yil— Michigan shtatining Jekson shahrida AQSH Respublikachilar partiyasining birinchi rasmiy qurultoyi bo‘lib o‘tgan;

1880 yil — Bastiliya kunini nishonlash to‘g‘risida farmon qabul qilingan;

1885 yil— Dunyoda birinchi marta quturishga qarshi emlash amalga oshirilgan. Fransuz olimi Lui Paster it tishlagan 9 yoshli Jozef Maysterda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan;

1905 yil — Amerika va Yevropa huquqni muhofaza qilish idoralari birinchi marta jinoyatda gumon qilinuvchining barmoq izlarini ayirboshlashgan. London va Sent-Luisdagi polisiyachilar Jon Uolkerning barmoq izlarini bir-biriga taqdim etishgan;

1912 yil— Stokgolmda V yozgi Olimpiya o‘yinlari ochilgan;

1919 yil— Buyuk Britaniyadan AQSHga birinchi transatlantik dirijabl parvozi yakunlangan;

1928 yil — Nyu-Yorkda dunyodagi birinchi to‘liq dublyajli film namoyishi bo‘lib o‘tgan;

1941 yil —SSSR Davlat mudofaa qo‘mitasining mish-mishlar va vahimalarni tarqatish uchun javobgarlik to‘g‘risida farmoni e’lon qilingan;

1945 yil— AQSHda nemis olimlarini (birinchi navbatda yadroshunos olimlarni) topish va mamlakatdan chiqarib yuborish maqsadida AQSHda "Paperclip" (Skrepka) kampaniyasi boshlangan;

1945 yil —Nikaragua dunyoda birinchi bo‘lib BMT Nizomini tasdiqlagan;

1960 yil— Buyuk Xalq Xurusi Mo‘g‘uliston Xalq Respublikasining yangi sosialistik Konstitusiyasini qabul qilgan;

1997 yil — Qozog‘iston parlamenti poytaxtni Olmaotadan Oqmolaga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagan;

2009 yil —AQSH prezidenti Barak Obama Rossiya Federasiyasi poytaxtiga rasmiy tashrif bilan kelgan.