Get Mystery Box with random crypto!

So'ng turib oshxona tomon yura boshladi.... Birozdan so'ng men | 💕KPOP💕NEWS💕

So'ng turib oshxona tomon yura boshladi.... Birozdan so'ng men xam oshxona tomon kirdim.. Taehyung nimalardir tayyorlardi... Juda xam yoqimli xid taralardi....
U menga likoplarni tutkazdi...

-bularni stol ustiga olib bor...

Men likoplarni stol ustiga qo'ydim..
So'ng Taehyung bilan birga nonushta qildik...
Idishlarni yig'ib yuvib bo'lgach yuqoriga chiqdim.. Taehyung deraza oldida xayol surardi..

Uni qo'lidan ushlab divanga o'tkazdim... Biroz o'ylanib tuganimda..

-biror narsa so'ramoqchimisan?..

-umuman olganda xa.....

-so'rayver...

-Taehyung Janob Chen o'tgan gal seni boshqa oila asrab olib ketishganini aytishdi....

-Xo'sh....

-nima ular mafia bo'lshganmi?...

- xa....

-Demak ular vafot etishgach, ularning barchasi mol mulki senga o'tgan va sen xam mafiga aylanganmisan.?..

-yo'q... Ularni o'zim o'ldirganman va xamma narsasini o'zimniki qilganman..

-nega?.....

"o'sha kuni meni bolalar uyidan juda xam bashang kiyingan kishi olib ketdi.... Yo'lda ketar ekanmiz:..

-isming nima?..

-Taehyung..

-mening xam sen tengi o'g'lim bor ismi Jin Young.... u bilan do'st bo'lishni istaysanmi?...

-xa...
uyiga kelgach mani o'g'li bilan tanishtirdi..

-o'g'lim bu seni yangi do'sting Taehyung....
U juda xam g'alati edi... avvaliga tushunmadim.. keyinchalik bilsam u aqlan noqis ekan....
Janob Park o'g"lini xech kimga ko'rsatmas, faqatgina men va o'zi ko'rardik xolos...
meni u yerga o'g'liga do'st sifatida emas, unga xizmatchi qilib olib borgan ekan...
Jin Young ko'ngli tusagan ishni qilsihimga majburlar yo"q deganimda esa Janob Parkni chaqirib xarxasha qilardi..
Janob Park meni olib chiqib xizmatchilar qo'liga topshirardi.. omborxonaga olib tushib to xushdan ketgunimga qadar kaltaklab o'sha yerga bir necha xaftaga xech qanday taom va suvsiz tashlab qo'yishardi...
Shu tariqa besh yil xuddi jaxannamda yashadim...
Bir kuni Jin Young onamni xaqoratladi... Men ortiq chiday olmadim... Uni do'pposlay ketdim... Ikkimiz yoqalashib katta ko'zguga borib urilganimizda ko'zgu chil chil bo'ldi.. Men oyna sing'ini qo'limga olib unga sanchdim.. Og'riqdan dod soldi... Lekin men g'azabdan o'zimni yo'qotib qo'ygandim..
O'sha siniqni sug'urib unga qayta qayta sanchdim.. Eshik zarb bilan ochilib xonaga Janob Park kirdi... Ko'z oldidagi manzaradan shok xolatda turardi..
Meni chetga otib yuborib o'g'lining jonsiz tanasini ushlab yig'lay boshladi....
So'ng menga g'azab bilan tashlandi... Musht urib yerga yotkizib bo'g'a boshladi...

-tishlari orasidan gapirardi:...

-iflos... nonko'r... nimalar qolding?....

Nafas olishim qiyinlashib ko'z oldim qorong'ulashganda qo'limda nimadir bor ekanligini sezdim..