Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 30-aprel sanasida bolib otishi kutilayotgan Kons | BSMI.UZ | Rasmiy kanali

Joriy yilning 30-aprel sanasida bolib otishi kutilayotgan Konstitutsiya boyicha referendumga bugun jamiyatimizning har bir fuqarosi daxldorlik hissi bilan Konstitutsiyaga ozgartirish kiritish maqsadida taqdim etilgan takliflarni chuqur organmoqda va tahlil etmoqda. Buni joylarda referendum oldi amalga oshirilayotgan targibot-tashviqot tadbirlaridan ham bilishimiz mumkin.
Xususan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida bolib otgan seminarda ham Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish yuzasidan referendum o'tkazish tartibi togrisida bojxona xodimlariga keng tushuntirishlar berib otildi. Unda maruzachi sifatida sozga chiqqan Buxoro tibbiyot instituti, ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Qahramon Tursunov tomonidan referendumga puxta tayyorgarlik koʻrish va fuqarolarimiz Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan yangi norma va qoidalarni sinchkovlik bilan  organib,  ozlarining xolis va haqqoniy munosabatlarini bildirishlari lozimligi takidlab otildi.