Get Mystery Box with random crypto!

Qanday qilib kuchli jamoa qurish mumkin? Ba'zi biznes egala | BS center

Qanday qilib kuchli jamoa qurish mumkin?

Ba'zi biznes egalari o'z korxonalariga kuchli xodimlarni olib kelishadi va ularga qanday ishlashni, nima qilishni o'rgatishadi.

Bu esa kuchli jamoa qurishdagi eng katta xatolardan biri.

Siz biznes egasi sifatida xodimlaringizning har bir qilayotgan ishiga xalaqit bermasligingiz kerak!

Kuchli xodimlar mutaxassislar hisoblanishadi.

Ularga erkinlik berishingiz kerak va ular vaqtga qarab emas, natijaga qarab ishlashlari kerak.

Va biznes egasi sifatida sizga eng muhim narsa bu jarayon emas, natija!

Qachonki siz o'z xodimlaringizga erkinlik bersangiz,

Ularga ma'suliyatni topshirsangiz,

Va faqatgina natijani so'rasangiz...

Kuchli xodimlaringiz sizda qoladi va qachonki ular siz bilan birga bo'lishsa,

Korxonangizni yanada rivojlantira oladigan kuchlik jamoa qura olasiz.

Siz o'z biznesingizda qanday qilib kuchli jamoa qurasiz?

Izohlarda yozib qoldiring!