Get Mystery Box with random crypto!

#foydali Guruhni boshqarish uchun foydali botlar: * @daysand | Botlar Vzlom

#foydali

Guruhni boshqarish uchun foydali botlar:

* @daysandbox_bot - Oddiy anti-spam bot. 24 soatdan kamroq vaqt ichida guruhga qo'shilgan foydalanuvchilardan kelgan havolalarni va yo'naltirilgan (forward) xabarlarni o'chiradi.
* @watchdog_robot - Har xil turdagi xabarlarni o'chirish uchun bot: stikerlar, rasmlar, videolar, havolalar, guruhga kirganda chiqadigan xabar va yana boshqa ko'p xabarlar. Hamma chat uchun alohida o'chirish kerak bo'lgan xabarlar ro'yhatini kiritish mumkin.
* @noarab_bot - Guruhda arab spamlarini o'chirish uchun bot
* @lang_blocker_bot - Taqiqlangan tillarda yozilgan xabarlarni o'chirish uchun bot. Ta'qiqlangan tilni guruh administratori belgilaydi.
* @grep_robot - Guruh administratori tomonidan belgilangan qora ro'yhatdagi xabarlarni o'chirish uchun bot.
* @nosticker_bot - Foydalanuvchilar tomonidan guruhga tashlangan stikerlarni o'chirish uchun bot. Bitta stiker paketiga ruxsat berib qolganlarni taqiqlab qo'yish imkoniyati ham mavjud
* @orgrobot - Guruhga yangi qo'shilgan foydalanuvchilarni faqatgina botning savollariga javob bergandan so'ng guruhda yozish imkoniyatini beradi. Faqat guruh administratori ushbu savol javoblarni o'rnatishi mumkin.
* @freqrobot - Foydalanuvchilarni bir daqiqada, bir soatda va bir kunda guruhga qancha xabar jo'nata olish miqdorini cheklash uchun bot
* @wikirobot - Belgilangan vaqtda guruhga belgilangan xabarni tashlash uchun bot
* @nohello_robot - Guruhga yozilgan "Salom", "Qaleysiz", "Assalomu alaykum" va shunga o'xshash salomlashish so'zlarini o'chirish uchun bot. Bot bir necha tilni biladi
* @hushrobot - Guruhdagi barcha foydalanuvchilarni ma'lum bir muddatga guruhda yozishdan cheklab qo'yish uchun bot.
* @tagchannelbot - Belgilangan teglar bilan yozilgan xabarlarni guruhdan kanalga yo'naltiruvchi (forward qiluvchi) bot, agarda xabarda belgilangan teg mavjud bo'lsa.
* @nopigrobot - Guruhda yozilgan so'kinish xabarlarini o'chiruvchu bot.
* @nochinabot - Xitoy tilida yozilgan spam xabarlarni o'chirish uchun bot.
* @joinhider_bot - Guruhga yangi foydalanuvchi qo'shilganda yoki biror bir foydalanuvchi chiqib ketganda keladigan xabarlarni o'chirish uchun bot

Siz http://tiny.cc/gw0tnz da botlardan qanday foydalanish haqida qo'llanmani o'qib chiqishingiz mumkin

@Botlar_Vzlom