Get Mystery Box with random crypto!

#YANGILIK USTOZJONLAR ENDI OʻQITUVCHILAR USTAMA OLISH UCHU | BOSHLANG‘ICH TA'LIM

#YANGILIK USTOZJONLAR

ENDI OʻQITUVCHILAR USTAMA OLISH UCHUN MAQOLA YOZISHLARI SHART EMAS

Maʼlumki, ilgari oʻqituvchilar 823-sonli qaror boʻyicha ustama olish uchun albatta biron-bir jurnal yoki gazetada maqolasi chiqqan boʻlishi kerak edi. Chunki, 823-sonli qaror boʻyicha oʻqituvchi baholanayotgan oʻquv yilida ommaviy axborot vositalari, taʼlimga oid veb-saytlardagi chiqishlari, ilmiy-metodik jurnallardagi hamda turli konferensiyalarda maqolalar, tezislar, konsepsiyalar, istiqbolli rejalari bilan qatnashish orqali taʼlim-tarbiya jarayonini yanada yaxshilashga oid ishlari boʻlishi talab etilardi.

Yaqinda, bloger Isroil Tillaboyev ham 823-sonli qarorga oʻzgartirish kiritilayotganligi haqida xabar berib, baholash mezonidan #maqola yozish bandi #olib tashlanishi mumkinligini aytgandi.

Sababi, 823-sonli qarorning aynan shu bandi ijtimoiy tarmoqlarda juda koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgandi. Oldingi 823-qaroriga koʻra, tizimida koʻpchilik oʻqituvchilar sifatli dars oʻtish, bola bilan koʻproq ishlash oʻrniga darsini ommalashtirish, maqola yozish (koʻp hollarda yozdirish) bilan ovora boʻlib qolayotgandi.

Haqiqatdan ham ustama olish uchun oʻqituvchilarning maqola yozib chiqishi oʻzini oqlamadi. Sababi, #maqolalar #pulga yozdirildi. Oʻqituvchi oʻzi mehnat qilmadi. Buning ortidan esa turli xil koʻrinishdagi jurnal va boʻlar-boʻlmas konferensiyalar koʻpayib, koʻpchilik oʻqituvchilarning pullari havoga sovurildi. Chunki, oʻqituvchilar maqolasi bilan bu konferensiyada qatnashsa, maqolaning bir beti uchun 15-20 ming soʻm miqdorda pul toʻlanardi.

Nihoyat, Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Yangi qarorda maqola yozish bandi olib tashlandi. Endi asosiy eʼtibor oʻqituvchining chiqargan sinfi, oʻquvchi bilan ishlashi, seminarlarda dars oʻtishi, tashkil etgan ochiq darslari, oʻtkazgan tadbirlarining sifati, oʻquvchilarning oʻzlashtirish samaradorligi, xalqaro tadqiqotlarga oʻquvchilarni tayyorlab borishi, oʻquvchilarining fan olimpiadalarida qatnashishi va ish stajiga qaratiladi.

P.S: Endi oʻqituvchilar kimlargadir pul berib gazeta va jurnallarda maqola chiqarish va umuman samara bermaydigan tezislar yozib konferensiyalarda qatnashishi shart emas.

https://t.me/boshlangich_talim_uz

@ustozlar_uchun2