Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzimdan iborat!

Telegram kanalining logotibi borliging_baxt — Oʻzimdan iborat! O
Telegram kanalining logotibi borliging_baxt — Oʻzimdan iborat!
Kanal manzili: @borliging_baxt
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 120
Kanalning ta’rifi

©(Parchalar muallifi emasman!)
Lekin tuygʻular qorishiq holda...

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-12-26 10:39:08 Men sizni ko‘rmadim, necha kun bo‘ldi,
Necha kun kulchadek kuydi tunlarim.
O‘ldi, o‘rtamizda nimadir o‘ldi,
Men faqat yig‘ladim!

Hukmlar beribsiz: Hammasi tamom!
Havolar yetmadi, faqat yutindim.
Bas, meni yo‘qoting endi batamom,
O‘tindim!

O, ko‘nglimni emas, g‘amni o‘ldiring,
Ishqni o‘ldirmoqqa ustasiz axir.
Azizim, azizim siz sharhlab bering,
Bu nechuk taqdir?

Qismat kitobimiz topganda zavol,
Yangi sahifadan boshlab bo‘lmasmi?
O, sizdan ayrilgan har qanday ayol,
O‘lmasmi?

Azizim, eng yorug‘ manzilga yeting,
Ketarkansiz qalbga qayg‘ungiz to‘ldi,
Iltimos, siz meni o‘ldirib keting,
Yashagim keldi!
20 views07:39
Ochish/sharhlash
2022-12-26 10:33:27 Дедим: Дуойим мўл, ижобат қани?
Деди: Гуноҳинг мўл, ҳижолат қани?
20 views07:33
Ochish/sharhlash
2022-12-25 20:34:36 Xudodan oʻzgaga ishonmay qoʻydim!
22 views17:34
Ochish/sharhlash
2022-12-25 20:33:40 Go‘zallik, poklikdan uyalib,
qisilib, qimtinib turasan,
qop-qora devorga suyanib,
yop-yorug‘ xayollar surasan.

Iloham, tong kabi yuzingga
hirslanib, hezlanib boqarlar,
ko‘zlarin qoqarlar ko‘zingga,
qalbingni azoblab yoqarlar.

Yiqilma, o‘zingni ushlagin,
otsinlar jaholat toshini,
labingni qattiqroq tishlagin,
ko‘rsatma ko‘zlaring yoshini.
22 views17:33
Ochish/sharhlash
2022-12-25 13:56:04 Boʻy yetgan qiz, uchirma qush uchar ketar,
Bir kun suyib, begonani quchar ketar
Erta ismim yodingizdan o'char, ketar,
Qiz bolaning vaʼdalari boʻy yetguncha...

Erta ismim yodingizdan o'char, ketar
Koʻngil uchun yigʻlab turing, toʻy oʻtguncha...
26 views10:56
Ochish/sharhlash
2022-12-24 13:53:27 Қайтдим, мен борарим ўша, манзиллар ўша,
Аламлар ўшадир, ҳазинлар ўша.
Йигирма ёшимга беш фасл қўшиб,
Бир кунда ўзгарган фасллар ўша.
46 views10:53
Ochish/sharhlash
2022-12-22 17:37:40 Kutganimiz kutilgandek boʻlmasachi?
44 views14:37
Ochish/sharhlash
2022-12-22 17:35:27 Qaydasan, yo‘q odam,
yo‘qolmaganim?
43 views14:35
Ochish/sharhlash