Get Mystery Box with random crypto!

BORICHA (Rasmiy kanal)🔝

Telegram kanalining logotibi borichatg — BORICHA (Rasmiy kanal)🔝 B
Telegram kanalining logotibi borichatg — BORICHA (Rasmiy kanal)🔝
Kanal manzili: @borichatg
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 251
Kanalning ta’rifi

TEZKOR YANGILIKLAR

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-01 11:26:34
Margʻilon shahrida Ichki ishlar organlari hamda boshqa huquq tartibot organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida 1 kilogramm gashish giyohvandlik vositasini sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

https://t.me/borichatg
68 views08:26
Ochish/sharhlash
2023-02-01 09:25:33
Firibgarlikni oʻziga kasb qilib olgan yosh qiz qoʻlga olindi

https://t.me/borichatg
65 views06:25
Ochish/sharhlash
2023-02-01 07:24:34
Chorva mollari oʻgʻirlariga qonuniy chora koʻrildi

https://t.me/borichatg
61 views04:24
Ochish/sharhlash
2023-02-01 05:21:33
“Samarqand-Navoiy” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Nexia-3" rusumli avtomobildan giyohvandlik moddasiga oʻxshash modda topildi

https://t.me/borichatg
61 views02:21
Ochish/sharhlash
2023-01-31 21:34:34 Transport vositasini olib qochish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 28 yanvar kuni Sergeli tumani IIO FMBga 38 yoshli Zulfiya U. murojaat qilib, do‘kon yonida qarovsiz qoldirilgan “Kia-Seltos” rusumli avtomashinasini noma’lum shaxs olib qochib ketganligini ma’lum qilgan. Avtoulovni zudlik bilan topish maqsadida, shahar bo‘yicha maxsus reja amalga kiritildi. Toshkent shahar IIBB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, avtomashina topilib, gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi. U 42 yoshli Javlon Sh. bo‘lib chiqdi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Hurmatli haydovchilar! Ochiq holda qarovsiz qoldirilgan avtomobil g‘arazgo‘ylar uchun jalb qiluvchi omil hisoblanadi. Transport vositangizdan bir necha daqiqaga uzoqlashishni rejalashtirganingizda ham uni kalit bilan qulflab keting.

https://t.me/borichatg
63 views18:34
Ochish/sharhlash
2023-01-31 20:33:33 Jamoat transportida kunlik tushum «plani» bekor qilinadi
Sohada moliyalashtirish, avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, avtoparkni yangilash va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi.

Jamoat transporti haydovchilariga qo‘yiladigan kunlik tushum «plani» belgilash amaliyoti bekor qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Davlat rahbari bu sohada muammolar to‘planib qolgani, ularni hal etish uchun transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimini o‘zgartirish zarurligini qayd etdi.

Ayrim viloyat markazlarida jamoat transportini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmagani, joylarda ayrim avtobus yo‘nalishlari ishlamayotgani, bekatlar yetishmasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Transport korxonalari kunlik «tushum plani»ni bajarishga bog‘lanib qolib, kunning «eng daromadli» paytida (ertalab soat 8-10 da, kechqurun soat 17-19 da) harakatlanishga odatlangani tanqid qilindi. Qolgan vaqtda yo‘lovchilar uzoq kutish yoki taksida yurishga majbur.Shu munosabat bilan prezident sohada moliyalashtirish, avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish, avtoparkni yangilash va infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilish chora-tadbirlarini belgilab berdi.

Endilikda mablag‘ avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi.

Xizmat sifatiga – avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga yetib kelishiga qarab baho beradigan tizim bo‘ladi.

Bunda, tashuvchi tadbirkor har 1 kilometr uchun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli to‘lovni oladi.

Bu tizim Toshkent, Samarqand, Andijon va Urganch shaharlarida joriy yilda, boshqa viloyat markazlari va Nukus shahrida kelgusi yilda yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Shu paytgacha bo‘lgan kunlik tushum «plani»ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi.

Bundan tashqari, aholiga qulay yo‘l haqi tariflarini (yillik, choraklik, oylik, kunlik, soatlik) joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

https://t.me/borichatg
60 views17:33
Ochish/sharhlash
2023-01-31 19:28:33 #Tezkor #Dolzarb
Ertadan boshlab 5ta postda “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili ishga tushadi

2023-yilning 1-fevral kunidan quyidagi yoʻl-patrul xizmati statsionar postlarida avtotransportlarning “Yashil” va “Qizil” yoʻlak tamoyili asosida harakatlanish tartibi joriy etiladi:

– Andijon viloyatining 45-YPX statsionar postida;
– Toshkent shahrining “A.Turbonov”, “Erkin”, “Bektemir”, “Sharq” YPX statsionar postlarida.

https://t.me/borichatg
53 views16:28
Ochish/sharhlash
2023-01-31 18:10:18 INOYAT VA JAZO


59 viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2023-01-31 17:43:54 Toshkentda avtobuslar kechikmaydigan bo‘ladi

Toshkentdagi 73ta asosiy ko‘chada avtobuslar uchun alohida yo‘lak ajratish orqali ularning o‘rtacha tezligini 1,5 barobarga oshirish, shu orqali kechikishlarni bartaraf etish ko‘zda tutilyapti. Boshqa shaharlarda ham jamoat transporti o‘zgaradi: prezident yirik shaharlarning transport bosh rejalarini ishlab chiqishga topshiriq berdi. Tadbirkorlarni avtobuslar parkini yangilashga rag‘batlantirish choralari belgilandi.
62 views14:43
Ochish/sharhlash
2023-01-31 17:16:54 #Биласизми

Автомототранспорт воситалари электрон онлайн-аукцион орқали ижарага берилганда ижарага бериш шартномаларини нотариал тартибда тасдиқлаш талаб этилмайди.

Бунда электрон онлайн-аукцион натижаларига кўра расмийлаштирилган баённома ижара шартномаси кучига эга бўлади.
65 views14:16
Ochish/sharhlash