Get Mystery Box with random crypto!

'Qamchiq' dovonida psixotrop dorilar bilan bog‘liq navbatdagi | BORICHA (Rasmiy kanal)🔝

"Qamchiq" dovonida psixotrop dorilar bilan bog‘liq navbatdagi fakt

Kuni kecha "Namangan" YPX maskanida psixotrop dorilar bilan bog‘liq holat aniqlanganligi haqida xabar (https://t.me/YHXX_UZ/23627) berilgan edi. Mazkur YPX maskanida yana bir holat qayd etildi.

2023 yil 1 fevral kuni soat 10:00 larda Pop tumani hududi, "Qamchiq" dovonida joylashgan "Namangan" YPX maskanida sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikdagi tekshiruvlar davomida "Cobalt" rusumli avtomobil to‘xtatilganda, transport vositasining dvigatel qismi joylashgan tomonda yashirin tarzda 40 dona "Tropikamid", 20 quti "Regapen" (ichida jami 280 dona) nomli psixotrop dorilar olib ketilayotganligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

1986 yilda tug‘ilgan haydovchi A.E. va aniqlangan dori vositalari Pop tumani IIBga topshirilgan.
https://t.me/borichatg