Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga magistrlik dissertatsiyam himoyasi. Vanihoyat, magistra | Bookword.D📖📚

Ertaga magistrlik dissertatsiyam himoyasi. Vanihoyat, magistratura ham nihoyasiga yetib keldi. Ertaga menga omad kerak . Bu dissertatsiya oson dunyoga kelmadi. Buni tushuntirish qiyin (orangizda men bilan birga buni his qilganlar ham bor). Bilasizmi, bu ishning tug'ilishi qanday. Bu dissertatsiyani men "dunyoga keltirdim". Baralla ayta olaman u faqat mening mehnatim deb. 2 yillik sarson-sargardonlik, rahbarsiz qolib o'z g'amini o'zi yeb, qayerdan nimani boshlash kerakligini bilmay boshi qotganda, hamma rahbarli ishlarini osongina bitirib yurganda ham o'zing uchun kurashib, ham mehnat qilib, ham sarson bo'lib dakki eshitganingdagi alamni men bildim, mening 2 o'rtogim bildi. Biz 3 dugona bir-birimizga rahbar bo'ldik, bir-birimizga yelka tutdik, urushdik, yarashdik, muhimi jam bo'lib yakunga yetib keldik. Ertaga mana shu 2 yillik sarguzashtlarimizning mevasini taqdim qilamiz. Ochig'i biroz hayajondaman. Biroq, hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. Omad tilang
@bookword_D