Get Mystery Box with random crypto!

Ushbu chiroyli muqovadagi kitob(cha) atigi 158 sahifadangina i | Bookword.D📖📚

Ushbu chiroyli muqovadagi kitob(cha) atigi 158 sahifadangina iborat. Biroq, kitobning dastlabki sahifalarini o'qishni boshlashingiz bilan voqealar tezkorligini anglaysiz. 3 sahifaning o'zidayoq asar qahramonlari bilan yaxshigina tanishib oldim. Kitob janri detektiv yo'nalishga yaqin bo'lib, asar bir qiz tomonidan hikoya qilinadi. Asar nomi "Rebekka" bo'lsa ham aslida asarda Rebekka obrazini umuman uchratmaymiz. Rebekkaning sirli o'limidan keyin uning eri bizning "hikoyachi"miz bilan turmush quradi, biroq ularning hayotida Rebekkaning soyasi hamon mavjud edi. Asarni o'qish davomida Rebekkaning o'limi bilan bog'liq asl haqiqatni kashf etish va to bunga qadar "hikoyachi"mizning hayotida sodir bo'lgan voqealar sizni aslo befarq qoldirmaydi.
Asarni ko'pchilik allaqachon ingliz tilida o'qishga ulgurgan bo'lsa ham uni o'zbek tilida chop etilishi ko'p kitobxonlar uchun qiziqarli mutolaaga sabab bo'ladi degan umiddaman.

@bookword_D