Get Mystery Box with random crypto!

#Juma_muborak Eslatma! Juma sunnatlarini bajarishni unutmang! | BOOK.UZ LIVE

#Juma_muborak

Eslatma! Juma sunnatlarini bajarishni unutmang!

Alloh taolo “Juma” surasining 9-oyatida shunday marhamat qiladi: “Ey iymon keltirganlar! Juma kunidagi namozga chorlangan paytda Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo‘ying. Agar bilsangiz, ana shu o‘zingiz uchun yaxshidir”.

Juma kuni hafta kunlari ichida eng fazilatlisi hisoblanadi. Nabiy alayhissalom: “Quyosh chiqib turgan kunlarning eng yaxshisi juma kunidir. O‘sha kuni Odam yaratilgan, jannatga kiritilgan, jannatdan chiqarilgan. Qiyomat ham juma kuni qoim bo‘ladi”, — deganlar.

Bugun siz azizlarga juma kunining sunnatlarini eslatmoqchimiz. Bilganlarga takror, bilmaganlarga esa ilm bo‘ladi.

@bookuz_live