Get Mystery Box with random crypto!

Kanalning maqsadi nima? Hamma kitob o‘qi-o‘qi deyaveradi, le | 𝙱𝚘𝚘𝚔 𝚗' 𝙼𝚒𝚕𝚔

Kanalning maqsadi nima?

Hamma kitob o‘qi-o‘qi deyaveradi, lekin nima uchunligini barcha anglab yetmaydi. Kitob o‘qishdan maqsad - yangi bilimlar olib, uni hayotga tatbiq etish, to‘g‘ri yashashni o‘rganish, dunyoqarashni kengaytirish, hayotda o‘z yo‘lini topish, to‘gri maqsad qo‘yish, umrni mazmunli yashab o‘tishni o‘rganish, chiroyli muomala qilish, boshqalarning hayot xulosalaridan ibrat olish, qilgan xatolarini takrorlamaslik, xullas haqiqiy INSON bo‘lib yetishish.

Biroq barcha kitobxonni o‘qigan kitobi esda qolavermaydi. Nari borsa bir xafta ta'sirlanib yuradi-da, keyin unutiladi. O‘zimda ham shu xolat kuzatilayotgani sababli shu blogni (ko‘proq bu menga kundalik vazifasini o‘taydi) yuritishga qaror qildim. (Ha aytgancha, biron bir ishni boshlash uchun dushanbani yoki 1-yanvarni kutish shart emas ).

Aytishadiku, o‘rganmoqchi bo‘lsang, o‘qit deb. Kimdir meni yozishga majburlamasa, o‘zim hechqachon yozmayman va sizlar menga yozishim uchun motivatsiya bo‘lasizlar. O‘qigan kitoblarimdan olgan yangi bilimlar va xulosalarimni (insights) hayoldan qalamga tushirmoqchiman. Chunki hayoldagi unutiladi va hech kim ko‘rmaydi, qalamga tushirilganini esa yodda saqlash va ulashish oson bo‘ladi.

Nafaqat o‘zimga balki boshqa insonlarga ham foydasi tegsin degan umidda basmalani aytib boshlamoqdaman