Get Mystery Box with random crypto!

Bolalar kasalliklari

Telegram kanalining logotibi bolalarkasalliklari — Bolalar kasalliklari B
Telegram kanalining logotibi bolalarkasalliklari — Bolalar kasalliklari
Kanal manzili: @bolalarkasalliklari
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 636
Kanalning ta’rifi

Hurmatli obunachilar siz ushbu kanal orqali:
➡bolalarda kuzatiladigan kasalliklar;
➡ushbu kasalliklarni diagnostikasi;
➡davolash va profilaktikasi
haqida ma'lumotlar olishiz mumkin😉
Taklif va murojatlar uchun:
@Ulugbek_Anvarjonovich
@Munavarov_Z

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-31 05:56:40
1.7K views02:56
Ochish/sharhlash
2022-08-31 05:54:31 Joyning o‘zgarishi, turli kasalliklar, kuchli kechinmalar (qurquv, g‘azab, xursandchilik) yoki yomon tushlar ko‘rish oqibatida bola uyqusidan qattiq qo‘rqib uyg‘onadi.
Xo‘sh, ota-onalar nimalarga e’tibor berishlari kerak?
bolaning umumiy uyqu vaqti keskin kamayganda;
bola uzok vakt uxlay olmasligi;
bir xil harakatlar, masalan u yoqdan bu yoqqa tebranish, ko‘rpani o‘girish tez-tez takrorlansa;
tunda baqirish va yig‘lash, bolaning uyg‘onganida ota-onasini tanimasligi, o‘ziga yaqinlashtirmasligi, tinchlantirishning iloji yo‘qligida;
uyqu vaqtida notabiiy tana holati – egilish, oyoq tizzalarini bukib olishida;
talvasa (tirishish) va tunda siyib kuyish kabi holatlar kuzatilganda.
Yuqoridagi holatlar ro‘y berganda bolani mutaxassis shifokor ko‘rigiga olib borish zarur. Shuningdek uyda go‘dakni uxlatishga harakat qilib ko‘ring. Masalan, quyidagi usullar bunga yordam beradi:
go‘dak bilan bir vaqtda uyquga yoting;
bola uxlaydigan xonada osoyishtalikni ta’minlang.
@Ulugbek_Anvarjonovich
1.7K views02:54
Ochish/sharhlash
2022-08-31 05:02:04 Гўдак ҳаётида кун тартиби алоҳида аҳамиятга эга, чунки бу жараён унда дастлаб шартли ва кейинчалик шартсиз рефлексларни вужудга келтиради. Уйқуси, уйғоқлиги, эмизиш ва чўмилтириш амалларининг маълум тартибда кетма-кет бажарилиши туфайли чақалоқнинг кун тартиби оқилона тақсимланади.


Олимларнинг илмий изланишлари натижасига кўра, дунёга келган чақалоқ дастлабки 2 соат мобайнида, айниқса дастлабки 30 дақиқа ичида илк марта эмизилса, унинг иммун тизими юқори даражада бўлар экан. Шунингдек бу ҳол гўдакда юқумли касалликларга мойилликни 2-3мартага камайтиради.

Кирқ кунлик чилла даврида бола бир кеча-кундуз 20 соатгача ухлаши тақозо қилинади.
Ухлашга сарф этилган соатлардан қолган вақт гўдакни эмизиш, уйғоқ бўлиш ва чўмилтириш жараёнларига сарф этилади. Бу даврда бола кундузи ҳар 3 соатда 7 марта, кечаси эса 6 соатдан сўнг эмизилади. Онанинг кўкрак безлари эмизишдан аввал қайнатилган илиқ сув билан ювилиб, тоза сочиқ билан артилади.

Болани чилла даврида илк бор чўмилтириш унинг “киндиги тушиб”, яранинг ўрни тузалгач бажарилади. Муолажани бошлашдан аввал уни чўмилтиришга мўлжалланган идиш (тоғора)ни иссиқ сувда совунлаб ювиш ва ундан кейин қайноқ сув билан чайиш маъқул. Гўдак териси нозик бўлганлиги сабабли улар учун махсус ишлаб чиқарилган болалар совунидан фойдаланиш мақсадга мувофиқ. Тоғора илиқ, яъни ҳарорати +36-37 даража бўлган сув билан тўлдирилади. Шундан сўнг болани эҳтиётлик билан кўтариб, сувга туширилади ва юмшоқ мочалка билан бадани, қўл-оёқлари ишқалаб, ювилади. Шуни унутмаслик керакки, кичик ёшдаги болани чўмилтиришга мўлжалланган тоғорани бошқа мақсадларда, жумладан катта ёшдаги болаларни чўмилтириш ёки кир ювишга ишлатмаслик керак.
@Ulugbek_Anvarjonovich
2.5K views02:02
Ochish/sharhlash
2022-08-29 22:28:50 Bolalarda uyqu buzilishiga sabablar nima?
Noto‘g‘ri ovqatlantirish
Burundan nafas olishning buzilishi
D3 vitamini tanqisligi
Laktoza yetishmovchiligi
Moro refleksi
Bu harakat refleksidir, ya’ni shovqin bo‘lganda, holat tez o‘zgartirilganda bola qo‘li va oyoqlarini yoyib, so‘ng yana asli holatiga qaytaradi. Agar bola uxlayotganda birdaniga qo‘llarini yoyib yuborsa uyg‘onib ketishi mumkin.
Posttonik refleksi
Odatda chaqaloq olti oylikdan boshlab o‘tiradi, turishga intiladi. Ba’zida o‘tirish va turish istagi kuchliligidan chaqaloq uxlayotganida ham uning bosh miyasida o‘tirish yoki turishga undovchi “signal” yuzaga kelishi mumkin. Natijada bola uxlagan ko‘yi o‘tirishi yoki tik turishi va uyg‘onib ketishi mumkin. Bunday vaqtda bolani tinchlantirib joyiga yotqizish kerak.
Suyuqlik ichish tartibining buzilishi
6 oydan oshgan bolalar 6 soatgacha ovqat va suyuqliksiz o‘zlarini yaxshi his etadilar.Shu sababli ularni kechasi ovqatlantirmaslik va suyuqlik bermaslik lozim.
@Ulugbek_Anvarjonovich
2.0K views19:28
Ochish/sharhlash
2022-08-29 20:16:50 Рахит – эмизикли ва 2 ёшли болалар орасида энг кенг тарқалган касалликлардан бири.

Сабаби:
организмда кальций ва фосфор минераллари етишмаслиги.

Қўлланиладиган дорилар;
Аквавит-Д3
Аквадетрим
Видеин
Кальций-остеовит
Нуклеинат
Холекальциферол.
@Ulugbek_Anvarjonovich
1.7K views17:16
Ochish/sharhlash
2022-08-29 20:13:31 EEG nima?

Elektroensefalografiya(EEG) - miyaning bioelektrik aktivligini aniqlashga qaratilgan zamonaviy tekshirish usuli.

Bolalarga EEG qachon buyuriladi?

Tutqanoq
Miyada qon aylanishi buzilganda
Autizm
Epilepsiya
Uyqu buzilishi: uyqusizlik, lunatizm, vahimali uyqu
Kuchli charchash
Tez-tez bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, oriyentatsiyani yo‘qolishi
Hush yo‘qolishi
Bosh miya travmalari
Psixologik buzilishlar: yig‘loqilik, tez-tez jazavaga tushushi, nevrozlar.
@Ulugbek_Anvarjonovich
1.8K views17:13
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:01:32 Homiladorlikda nima uchun yod preparatlari qabul qilinadi!!!!

Agarda yod yetishmasa

1. Bolada aqliy rivojlanishda orta qolish. Nerv sistemasi shakllanishidagi kamchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

2. Homilaning òzidan òzi tushishi yoki muddatdan avval tug'ruq yuzaga kelishi mumkin.

3. Bolada qalqonsimon bez yetishmovchiligi, jizzakilik, tushkunlik, uyquchanlik, xotira yomonlashishi.

4. Homilador ayolda bosh aylanishi, lanjlik, ba'zan yod yetishmasligi kuchli toksikozlarga olib kelishi ham mumkin.


Demak farzandimiz kelajakda yuksak aql egasi bòlishi uchun homilador ayollarimiz vrach maslahati bilan yodamarin qabul qilishi kerak.
@Ulugbek_Anvarjonovich
2.2K views16:01
Ochish/sharhlash
2022-08-27 14:25:54 Қайси ҳолатларда болани дарҳол болалар шифокорига олиб бориш талаб этилади?

Бола шайтонланса (тутқаноқ тутиб қолса)

Қусиш даражаси кучайганда (фонтан бўлиб отилиб чиқмоқда)

Қайд қилинган массанинг ранги яшил ёки тўқ сариқ

Тана ҳарорати кўтарилса

Бирор бир жисм ютиб юборганда

Бола овқатланиш жараёнида доим йўталса.

Яқинларингизга ҳам улашинг!
@Ulugbek_Anvarjonovich
2.4K views11:25
Ochish/sharhlash
2022-08-26 21:09:15 Bolamda Raxit aniqlandi, qanday davolataman?

Avvalo bu kasallik vaqtida tashxis qo'yib harakat qilinsa davolash mumkinligini eslatib o'tmoqchiman.

Lekin o'zboshimchalik va e'tiborsizlik orqasidan bolangizni bir umr nogiron bo'lib qolishiga yo'l qo'yib bergan bo'lasiz.

Buning uchun nima qilish kerak?

Agar bolada raxit kasalligi belgilari sezilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Chunki ushbu xastalikni davolash alohida muolajalarni talab etadi. Agar boshlang‘ich holati bo‘lsa, D vitamini dorilari va boshqa kalsiyni ko‘paytiruvchi vositalarni iste'mol qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Ammo kasallik zo‘rayishining oldini olish uchun bir necha choralarni ham ko‘rish mumkin. Xususan, zarur bo‘lgan hollarda shifokorning tavsiyasiga muvofiq
davo gimnastikasi
massaj
kvars lampasi bilan nurlantirish amaliyotlari bajariladi.

Davo choralarini faqatgina mutaxassis tavsiyasi bilan amalga oshiring

Farzandingizni sog'lom va chiroyli o'sishi sizga bog'liq
@Ulugbek_Anvarjonovich
2.7K views18:09
Ochish/sharhlash
2022-08-25 14:17:03 Bolalarga muzqaymoqni necha yoshdan berish mumkin?

Biz pediatrlar bolalarga uch yoshga to'lmaguncha muzqaymoq berishni tavsiya qilmaymiz. Chunki uch yoshgacha bo'lgan bolalar oshqozon-ichak traktining ayrim funksiyalari hali to'liq shakllanmagan bo'ladi. Halqumda mahalliy immunitetning yaxshi rivojlanmaganligi hisobiga tomog‘i og‘rib qoladi. Bolalarning ovqat hazm qilish tizimi sutni yaxshi o'zlashtiradi, ammo muzqaymoq tarkibidagi boshqa qo'shimchalar unga og'irlik qiladi.

Bolalarga muzqaymoq tanlaganda shakar va yog' miqdori minimal bo'lgan, konservant, bo'yoqlar va aromatlarsiz muzqaymoqni tanlash kerak.

6-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga muzqaymoqni eritilgan holda berish lozim. Shunda siz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy tomoq og‘rig‘ini oldini olgan bo‘lasiz.
@Ulugbek_Anvarjonovich
3.1K views11:17
Ochish/sharhlash