Get Mystery Box with random crypto!

NIMA UCHUN CHAQALOQNING QULOG'IGA AZON AYTAMIZ? Subhanalloh! | Bolajonlar | Chaqaloqlar

NIMA UCHUN CHAQALOQNING QULOG'IGA AZON AYTAMIZ?

Subhanalloh! Buning ajoyib sababi bor ekan.

Payg'ambarimiz alayhissalom farzand tug'ilganda bolaning o'ng qulog'iga azon, chap qulog'iga takbir aytishni buyurganlar.

"Xo'sh, bu azon bilan takbirdan keyingi namoz qani?" degan savol tug'iladi. Bu haqda biroz fikrlab ko'ring. Javob shuki, bu namoz - janoza namozidir. Nima uchun janoza namozida azon ham, takbir ham aytilmaydi? Chunki bu namozning azon bilan takbiri inson tug'ilganidayoq aytib qo'yilgan boʻladi. Bir inson vafot qilganda o'qiladigan janoza namozining yana bir ibrati shu ekanki, insonning hayoti takbir bilan namoz orasicha qisqa fursat ekan.

Chaqaloqning qulog'iga azon va takbir aytilishining yana bir muhim hikmati shuki, uning birinchi eshitgan ovozi Allohning ibodatiga chaqiriq bo'lishidir.

Do'stlaringizga ham ulashing






https://t.me/+BVdsmYxNd6ZkMDQ6