Get Mystery Box with random crypto!

Ustoz Shifudan 100 ta dars 7-dars Muomuala Panda! Dunyo ke | Muvoffaqiyat sari oz qoldi🚶🏻🏃🏻‍♀️🏃🏻

Ustoz Shifudan 100 ta dars

7-dars Muomuala

Panda!

Dunyo kezib o'zbeklardek xushmuomuala xalqni ko'rmadim.
Nihoyat senga ularning ''Muomuala sirlari'' nomasini o'qib beraman.

Panda, kim bilan suhbatlashsang, ko'ziga qarab gapir.
G'arbda buni ''Eye contact'' deyishadi.
Bizda esa ishonch belgisi.

Tik boqishga uyalsang, qoshlarining o'rtasiga qara.
Yoshi katta insonlarga, begona ayollarga o'qrayma, iymoning saqla.

Kimni ko'rsang, Sizlab gapir, tabassum qil va birinchi salom ber.
Panda, bizlarga bejizga 2 ta quloq va 1 ta og'iz berilmagan.
Bu ko'proq tinglab, kamroq gapirish kerak degani.

Vaziyatga doim suhbatdoshing tarafdan nazar sol.
Chunki sen nima deganing emas, u tomondan qanday eshitilgani muhim.

Nutqing ravon bo'lsin uchun ko'p kitob o'qi!
Ovozlaringni mashq qil. Shuhrat Qayumov, Abdukarim Mirzayev, Najot Nur kabi Ustozlarning darslarini ko'r.

Yana nutqingni tasmaga yozib, o'zing eshit.
Shunda qolganlarni qanchalik qiynab kelayotganingni o'zing ham his qilasan.

@bolajakbiznesmenlar