Get Mystery Box with random crypto!

Hammangizga ushbu she'rni baralla aytib yurish nasib qilsin: | Bo'lajak Talabalar 📚

Hammangizga ushbu she'rni baralla aytib yurish nasib qilsin:

Oʻqishga ham kirib olding, 
Qaddingni tut talaba, 
Talabalik oltin davring, 
Davringni sur talaba. 

Garchi vatan farzandisan, 
Fakultetda arzandaasan. 
Shunday ekan qadringni ham, 
Sal bilib yur talaba. 

Talabasan noming ulugʻ, 
Boʻlsa hamki chontak quruq, 
Dilda gʻurur, dilda surur, 
Handon erur talaba. 

Dada, oyi assalom deb, 
Hamyon boʻm boʻsh pul tamom deb, 
Baʼzan ota-onanga ham, 
Xat yozib tur talaba. 

Yetmay qolsa stipendiya, 
Gʻamga botmay ishlat miya, 
Mardikorlik bozoriga , 
Yoʻlingni bur talaba. 

Boʻlmoq kerak gapga usta, 
Bir gap aytsa starsta. 
Oʻz bilganingdan qolmasang ham, 
Xop-xop deb tur talaba. 

Togʻlar boshi qorsiz boʻlmas, 
Talaba degan semiz boʻlmas. 
Chunki hech vaqt qorni toʻymas 
Rost gap shudir talaba.
 
Jonga tegsa leksiyalar, 
Boshlanganda sessiyalar, 
Ahvolinga maymun yiglar, 
Shoʻring qurur talaba. 

Zachyot dardi bir balodir, 
Imtixon ham bir balo. 
Senga qolsa ikkovi ham, 
Asli bir goʻr talaba. 

Oʻynashmagin domla bilan, 
U seni yenga bir hamla bilan. 
Semestrning oxirida, 
Oʻzingdan koʻr T A L A B A!

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Abituriyentlari - Abituriyentlar hayotidagi eng muhim xabarlar