Get Mystery Box with random crypto!

Shohjahon Ergashev raqibini dastlabki raundda nokutga uchratdi | BoksUz

Shohjahon Ergashev raqibini dastlabki raundda nokutga uchratdi.

Prof bokschimiz Shohjahon Ergashev nokutli rekordini yangilashda davom etmoqda. 

Shohjahon tailandlik raqibini nokutga uchratganidan soʻng koʻpchilik boks muxlislarining savollariga javob qaytardi. 

«Bundan keyingi janglarda ham bayrogʻimizni baland koʻtarishga harakat qilaman. Koʻpchilik menga savol beradi. Hammaga birma-bir aytib chiqishning iloji yoʻq. Hozir fursatdan foydalanib barchaga aytaman:hali menda hammasi oldinda. Promouterim bilan sud jarayonlari davom etmoqda. Oʻsha siz xohlaydigan jahon chempionligi uchun jang qilishni men ham istayman. Bir yarim yil dunyoning kuchli oʻntaligida boʻldim. Ular menga chempionlik jangi tashkil qilishlari kerak edi. Sizlarning xohishingizga ergashib, men promouterimni sudga berdim, sud jarayonlari davom etmoqda. Bu haqida internetdan maʼlumot olishingiz mumkin. Meni hali boksda qiladigan ishlarim koʻp», - dedi  Ergashev

Бокс | Boks Uz (Boxing)