Get Mystery Box with random crypto!

Boburjon

Telegram kanalining logotibi boburjonok — Boburjon B
Telegram kanalining logotibi boburjonok — Boburjon
Kanal manzili: @boburjonok
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14
Kanalning ta’rifi

Agarotga tosh otmasang bo'lgani.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-10-01 23:13:39 Har bir O'zbekiston farzandi ko'rishi kerak bo'lgan videorolik

O'zbekistontonlik l Episode 2

Har bir yosh bu ikki qahramonlarimizdan o'rnak olsa arzigulik.



Ma'lumot o'rnida aytib o'tish joizki, bu loyihaning birinchi ko'rsatuvi mana bu link ostida.

Ko'ring, albatta manfaatli bo'ladi.
26 views20:13
Ochish/sharhlash
2022-09-01 19:00:28 Maqtov - sening yuksalishingdagi salbiy(ijobiy) vosita

Muttaham odamlarning aytgani:

Ha siz bizning kollektivdagi eng yaxshi ishchilardansiz. Sizning salohiyatingiz va iqtidoringizga shunchaki biz tan beramiz. Siz doim bundan ortig'iga munosib bo'lib kelgansiz. Aslida, shu direktorimiz o'rnida siz bo'lishingiz kerak. Undan ko'ra siz yaxshiroq natijalarga erisholasiz. Ha, biz sizga ishonamiz.

Shunday odamlar bor, ishini bitkazish uchun har qanday pastkashlikka tayyor. Nima desang ham, nima aytsang ham u sening gaplaringni ma'qullaydi. Hatto sen gapirayotgan gap yolg'onligini bila turib ham shu gapni yuzlaringga ma'noli qarash va muloyim so'zlar bilan tasdiqlaydi). Bunaqa insonlar sen jarlikka qarab ketayotganingda ham sening to'g'ri yo'lda ekanligingni ta'kidlaydi hamda shunchaki sen tomonga doimgidek kulib boqib turadi. Bu esa ularga ishonganing sababli vaqti kelib jarlikka qulashingga va yoki yuqorida aytilgandek muvaffaqiyat qozonmasligingga juda katta imkoniyat yaratadi.

Do'stlar aytgani:

Do'stim yashshavor(malades), sen harqachon bizni hayron qoldirib kelgansan, sening bu erishayotgan yutuqlaring doimo bizga motivatsiya berib kelmoqda, sen bizga hattoki o'rnak bo'layapsan ham deb bemalol ayta olamiz. Ha, sen bizning (krugni)ko'tarib turuvchilardansan.

Eng achinarlilaridan biri sening do'stlaring seni osmonlarga otishlari. Bu garchi yurakdan aytilgan gaplar bo'lsada, bu gaplar qo'pol qilib aytganda katta ehtimol bilan seni o'z-o'zingga(do'stlaringga nisbatan) baho qoyishga olib keladi. Sen har qachongidan ko'ra o'zingni bunchalar yaxshi bo'lmaganingni va sen birinchi ekanligingni o'z-o'zingga  sezmagan holda uqtirib qoyasan. Bu esa o'zingga nisbatan to'g'ri baho qo'yishingga va to'g'ri xulosa chiqarishingga to'sqinlik qiladi. Avvalo, Alloh taoloni O'zi asrasin bunaqa bo'lishlikdan.

Ota-onangning aytgani:

Bolam, biz sen bilan faxrlanamiz, sen bizning chirog'imizsan. Sendan umidlarimiz katta. Seni erishgan va erishayotgan yutuqlaring biz uchun baxt. Biz senga harqachongidanda  ishonamiz. Doimo sog'-omonlikda, rizqing butunlikda yurgin. Biz doimo sen haqingda duodamiz.

Tangani ikkinchi tomoni bo'lganidek, Ota-Onangni senga aytgan maqtovlari seni yanada harakat qilishingga va ularni ishonchini oqlash uchun bundanda yaxshiroq harakat qilishingga undaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki:

Senga qarata aytilgan maqtovlarni miyangga singdirishdan oldin albatta ongingda analiz, sintez, umumlashtirish va taqqoslash jarayonlarini amalga oshirgan holda, o'zing uchun to'g'ri xulosa chiqarib ol. Eshitgan maqtovingni shunchaki ko'r-ko'rona ongingga singdirib olish yaxshi emas).

Siz nima deb o'ylaysiz Maqtov kerakmi yoki yo'q?

@boburjonok
305 views16:00
Ochish/sharhlash
2022-08-26 00:17:45 Oliy ta’lim kerak(mi?)

Kerak yoki kerak emaslik. Hammasi o'zingga bog'liq va hammasi o’z qo’lingda, ishonmaysanmi? Unda o’qi:

1-toifa. Yo’lini to’g’ri tanlay oladiganlar: Birinchi kasbim Mebelda ustachilik qilib yurganimda o’qishga kirganimni eshitgan boshlig’imni menga aytgan gapi haligacha esimda: “Boburjon o’qib kim ham bo’larding, yaxshisi mana mebel ishingni ko’r, yaxshi harakat qilsang oyligingni ko’taramiz, sekin sekin rivojlanasan. O’qishdan esa bir tiyinlik foyda yo’q. Quruqqa 4 yil umring ketgani qoladi”. Vaholangki, o’qigandan bir tiyinlik foyda yo’q deb menga vaj o’qiyotgan inson katta firmalar, do’konlar egasi Iqtisodiyot yo’nalishida bakalavr hamda magistrni tugatgan. U umri davomida o’qib izlanib, bilimi ortidan shunday natijalarga erishgan. O’qishni bitirib diplomi ketidan katta joylarda ishlagan va shundan o’z biznesini ochib, rivojlantirgan. Ishbilarmonligidan o’z foydasini o’ylab(buni to’g’ri qabul qilish kerak. Chunki avvalo o’ziga yaxshilik ravo ko’rgan inson, boshqalarga ham ravo ko’radi) xatto meni fikrimdan qaytarishga urindi. Chunki yaxshi katta tajriba va o’z ishini yaxshi biladigan ustadan ayrilish sezilarli yo’qotishga olib keladi(ha u ishimda ancha buncha tajribam bor edi). Demakki, O’qigan inson o’z harakati ortidan katta marra va baland cho’qqiga erishishi mumkin ekan.

2-toifa. O’zini anglayolmaydiganlar: Qishlog’imizdagi Papay(u to’qima laqab va bu so’zni hali ko’p eshitasan. U qahramon esa haqqatda bor va uni ismini Papayga almashtirib turamiz): Maktabda matematikadan juda ham yaxshi o’qigan va birinchi yildan matematika yo’nalishiga hech qanaqa tayyorlanishsiz o’qishga kirgan Papay 4+2 yil davomida uyidagi ota-onasi boqqan mollarni sotib, kontrakt to’layverib ularni charchatdi. Uning o’qishlari tugab, ota-onasi uni endi ishga joylashadi deganda bir martagina ishga hujjat topshirib rad javob eshitib qayta harakat ham qilmasdan sekingina bitta molini sotib Rossiyaga biletni oldi va surdi . Ha hozir u Rossiyada malyar qiluvchi bo’lib ishlarkan. Jo’natayotgan puli zo’r ekan oylik 400$. Ha hozir taslim bo’lmasdan, misol biror maktabga ishga joylashganda edi, yetuk bilimi va diplomlari evaziga kamida 6 million so’m oylik bilan ishlab yurgan bo’lardi. Demakki, o’qigan inson o’z harakati ortidan tupiklarga kirishi ham mumkin ekan.

3-toifa. Yo’l tanlashda biroz adashganlar: Meni tanishlarim joningga tegdimi ? Kel sen va boshqalar ham tanigan inson haqida gaplashamiz. Jamshidxon Ziyohonov: Farmasevtikaga o’qishga kirish uchun bir necha yillab borini berib tayyorlangan va birinchi yil kira olmaganidan so’ng ham taslim bo’lmay harakat qilib ikkinchi yil bo’lsada, o’qishga kirgan va shu yo’nalishni tugatib Oliy ta’lim diplomiga ega bo’lgan. Ammo, hozirchi? Uni bundan qanchalar ko’ngli to’ldi. Hech qancha. U o’zining mutaxassisligi farmasevtika sohasida umuman ishlamadi. U adashganini va farmasevtika u uchun emasligini anglab yetdi va buni tan oldi. U hech qanaqa Jurnalistika diplomisiz o’zini Jurnalistikada sinab ko’rdi va u o’z kelajagini unda ko’ra oldi. Ha u adashmadi. Hozirda u haqiqiy jurnalist sifatida Millat va Xalqning muammolarini ijtimoiy tarmoqlarga olib chiqib, xalqning bu muammolarini yechishda o’z hissasini qo’shib va Xalqning duosini olib kelmoqda. Ha topding, bu o’sha Subyektiv. Demakki, o’qiydiyu ammo uning asl yo’li boshqa bo’ladi. U o’zi uchun hali aniq maqsadni aniqlashtirmagan.

Xulosa(subyektiv):

1.Oliy ta’limda o’qishni xohlaysanmi? O’qishdan aniq bir maqsading bormi? Uning ortidan o’zingga manfaat topa olishingga ko’zing yetayapdimi? Topadigan manfaating kelajagingga va Oxiratingga foydasi tegishiga hamda uning ortidan Alloh taoloning rizoligiga erishishingga ishonching komilmi? Agar hammasida ikkilanmasdan Ha bo’lsa demak o’qishing kerak. Chunki, senda xohish bo’lsa manfaat va foyda topa olasan.

2.Istak kammi, ikkilandingmi, biror manfaat ko’rishingga ishonching komilmasmi demak o’qiganing bir tiyin. Chunki senda o’qishga nisbatan xohish yo’q. Demak sen o’qishni ketidan hech nimaga erisholmaysan.

Siz nima deb o’ylaysiz Oliy ta’lim kerakmi yoki yo’q?

@boburjonok
376 views21:17
Ochish/sharhlash
2022-08-16 20:54:16 Bismillah


Assalom aleykum, hozir shaxsiy blog ochish avjida ekan. Shunda men ham Xalqdan qolmay deb bosvordim. Hozircha nima yozishni bilmayman. Buyog'i endi tavakkal.
378 views17:54
Ochish/sharhlash