Get Mystery Box with random crypto!

Haqiqat yo'l bormi? Ishlab yurgan vaqtim, boshlig’im bilan ko | Bobur Hoshimov — Blog

Haqiqat yo'l bormi?

Ishlab yurgan vaqtim, boshlig’im bilan ko’p vaqt o’tkazardik. O’sha vaqtlari biznesga qanaqa qilib kirganini so’raganimda deyarli gapirishga harakat qilmas edi. Shunchaki Maktabni tugatgandan keyin bozorga chiqib ketgan, ko’chada sigaret sotgan. Shundan qiziqishi boshlangan, shundan keyin paket ishlab chiqaradigan tsex ochgan, undan keyin mashinalar detalini ishlab chiqaradigan tsex qivorgan. Shu-shu bilan kichkina shaxsiy biznesini yaratib yuborgan.

Qolgan ulkan muvaffaqiyatga erishgan biznesmenlarni ham ko’radigan bo’lsak. Deyarli biznesi haqida emas, faqat hayoti haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Ja borsa, qanaqa qilib biznes ochib olganigacha aytishi mumkin. Lekin boshlagandan keyingi qadamlar nima bo’lgan. Hech kim bilmaydi?!

Aytmoqchi bo’lganim, o’zingizni biznesingiz bo'lishini xohlasangiz o'z yo’lingizni topishingiz kerak. Biznes degan 0 dan qurilgan bo'lishi yoki uni qanday, qayerdan olganingiz muhim emas, menimcha, boshlangandan keyingi qadamlar muhim. Xuddi o'zimni biznesim borday gapirishimga ahamiyat bermang.)

Shunchaki olgan kichik bilimlarimni ulashib qo'yib, kezi kelsa qayta ko'rib uni amalda qo'llash uchun ham yozaman.

@boburhoshimov_blog