Get Mystery Box with random crypto!

O‘zini yaxshi ko‘radigan odam uchun eng qiyin ish - xatosini t | Bobur Hoshimov — Blog

O‘zini yaxshi ko‘radigan odam uchun eng qiyin ish - xatosini tan olishdir.

-Nima uchun kech qolding?
-Avtobus vaqtida kelmadi.

-Nima uchun kitob o‘qimayapsan?
-Man o‘zi tug‘ma shunaqaman, ichim qisadi.

Ayb doim atrofdan izlanadi. Bahonalar ko‘payadi. Aniqlik va dangallik yo‘qoladi.

Eng yomoni shu

Aniqlik yo‘qoldi = noaniqlik boshlandi.

Noaniq hayot = yomon hayot.

Demak o‘zingdan doim ayb qidir.

Ayblarni topdingmi, endi ularni davola. Davolay olmayapsanmi tabibga bor. Bu tabib davolay olmadimi, kuchliroq tabibga bor.

Lekin to‘xtama.

Hech kim hamma kamchiligini birdan yo‘qota olmaydi.

San ham.

Kurashishni eng yomon odatingdan boshla.

Kurashishni boshladingmi, san endi o‘zingni yaxshi ko‘rmaysan.

O‘zingni qiynaysan, o‘z ustingda eshshakday ishlaysan.

Tabriklayman san endi intizomli, mehnatkash, dovyurak insonsan.

Uyog‘iga endi hakuna matata.

@khasanov_blog