Get Mystery Box with random crypto!

ANOMAL SHYe’R Dushanbadan havoning, Avzoyi buzilarkan. Ol | Bobur Uralov Official

ANOMAL SHYe’R

Dushanbadan havoning,
Avzoyi buzilarkan.
Oliygoh, maktablarda,
Kanikul cho‘zilarkan.

Bu xabar xalq ichiga,
Yashinday kirib bordi.
O‘quvchi - yu, talaba,
Qarsak chalib yubordi.

Ta’til kimga yoqmaydi,
Hamma ko‘nglini sozlar.
Xursand bo‘lishdi hatto,
Muallimu, ustozlar.

Eng yomoni bu yil ham,
Bayramdan qoldik quruq.
O‘n to‘rtinchi yanvarda,
Yigitlarga sovg‘a yo‘q.

Har yili bir bahona,
Yurakni qiynar ohim.
Sakkizinchi martda ham,
Sovuq bo‘lsin ilohim.

Muallimning qalbiga,
Ming bitta savol to‘lgay.
Bilmam endi bir hafta,
kundalik.com ne bo‘lgay?!

Qancha bo‘lsa ham ta’til,
Botmaydi hech maloli.
Bo‘ysungaymiz, axir bu,
Hukumatning qarori.

Mayli yana bir hafta,
Qilgaymiz toqat, sabr.
Qor va sovuq bo‘lsa ham,
Maktab yaxshi baribir.

Dushanbadan havoning,
Avzoyi buzilarkan.
Oliygoh, maktablarda,
Kanikul cho‘zilarkan.