Get Mystery Box with random crypto!

“InnoWeek-2022” innovatsion g'oyalar hududiy ko'rgazmasi endi | BUXOROLIK | Talabalar

“InnoWeek-2022” innovatsion g'oyalar hududiy ko'rgazmasi endi Buxoroda!

16-17 avgust kunlari
Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi” binosida “InnoWeek-2022” hududiy ko'rgazmasining Buxoro viloyati bosqichi bo'lib o'tadi.

Ko'rgazmada Buxoro viloyatining barcha tuman va shaharlaridan kelgan iqtidorli yoshlar, o'z innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.

Ko'rgazmaga viloyatdagi tadbirkorlar va ishbilarmonlar, investorlar jalb qilinadi. Bu yosh startap egalari uchun o'z loyihasini to'g'ridan to'g'ri jonli taqdim qilish, potensial mijozlarni topish, biznes hamkorlarni izlash va loyihasiga sarmoyalarni jalb qilish uchun katta imkoniyat!

Ko'rgazma davomida “TechnoWays” - texnologik rivojlanish marafoni bo'lib o'tadi !!!

TechnoWays marafonida iqtidorli yoshlarning loyihalari har tomonlama rivojlantiriladi va texnologik bilimlar bilian boyitiladi. Marafon yakunida esa eng yaxshi loyihalar saralab olinib, rag’batlantiriladi.

Marafonda qatnashish shartlari:
- Ishtirokchilarning yoshi 30 dan oshmagan bo’lishi zarur;
- Ishtirokchilar o’z loyihasi prototipiga ega bo’lishi zarur;
- Bitta ishtirokchi faqat bitta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.

“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonida qatnashish uchun @technoways_registratsiyabot telegram boti orqali ro’yxatdan o’tish zarur.

Buxorolik yoshlar va ishbilarmonlar uchun yaratilgan imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Batafsil ma'lumot uchun: +998 93 477-80-96

Bizning telegramdagi sahifamiz: @buxoroinnovation