Get Mystery Box with random crypto!

Myanmada harbiy to'ntarish yuz berdi. Armiya hokimiyatni egall | Vashington kundaligi

Myanmada harbiy to'ntarish yuz berdi. Armiya hokimiyatni egallab olgan. Prezident, vazirlar, hukmron «Demokratiya uchun milliy liga» partiyasi yetakchisi, Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Au San Su Chi qamoqqa olingan.

Harbiylar davlat to'ntarishini noyabr oyida o'tgan parlament saylovlari natijalarining soxtalashtirilgani bilan asoslamoqda. Milliy liga 83 foiz ovoz bilan saylovda g'alaba qozongan edi. Saylov komissiyasi jarayon qonun doirasida o'tgan deya xulosa qilgan.

Mamlakatda harbiy to'ntarish birinchi marta yuz berishi emas. 1962-yilda ham hokimiyatni armiya egallab olgan edi. Ularning hukmronligi 2011-yilgacha davom etgan.

Mamlakatda fuqarolik boshqaruvi uzoqqa bormadi, 2021-yil boshida yana harbiylar hokimiyatni egallab oldi.

Umuman, zamonaviy tarixda ko'plab mamlakatlarda harbiy to'ntarishlar yuz berib turadi. Misr va Turkiyada yuz bergan so'nggi voqealarni misol qilib keltirish mumkin.

Odatda, deyarli barcha mamlakatlarda davlat rahbari, ya'ni prezident oliy bosh qo'mondon bo'lsa-da, amalda haqiqiy kuch generallarda, armiyani bevosita boshqaruvchi qo'mondonlarda bo'ladi.

AQShda harbiylar hokimiyatni egallab olishi ehtimolining oldini olish uchun, ya'ni harbiylar ustidan fuqarolik nazoratini o'rnatish maqsadida harbiy xizmatdagilarning mudofaa vaziri bo'lishi qonun yo'li bilan taqiqlab qo'yilgan. Mudofaa vaziri lavozimiga tasdiqlanish uchun nomzod harbiy bo'lmasligi yoki harbiy xizmatdan ketganiga kamida 7 yil to'lgan bo'lishi kerak.

Agar harbiy xizmatdan ketganiga yetti yil to'lmagan bo'lsa, Kongress nomzod uchun maxsus qaror chiqarib, uni yetti yillik talabdan istisno qilishi kerak. Jo Bayden tomonidan mudofaa vaziri etib tayinlangan Lloyd Ostin uchun shunday istisno e'lon qilindi.

@bmamadiev