Energiyangiz tez tugab qolishiga 5 ta sabab: 1.Maqsadsizli | Blog | Shoxida Bektemirova
Energiyangiz tez tugab qolishiga 5 ta sabab:
1.Maqsadsizlik
Maqsadi yo'q insonning energiyasi ham bo'lmaydi. Inson reja qilgan ishlariga qarab unda energiya paydo bo'ladi. Rejangizda hech narsa bo'lmasa, demak energiyangiz 0 ga teng.
2.Harakatsizlik
Kunlik harakatingiz kamaygani sari, ko’proq charchoq va quvvatsizlik his qilishni boshlaysiz. Tongni sport bilan boshlash kunlik energiya manbaini ta’minlab beradi.
3.Ichingizda qolib ketgan ginalar
Qalbingizda qancha ko'p xafagarchilik yotgan bo'lsa, shuncha ko'p quvvatsizlik his qilasiz. Sababi barcha energiya ichkaridan yemiriladi. Bundan tashqari ichki organlar faoliyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi.
4.Pulsizlik
Ha, pul bu - energiya!
Ba'zan yonimizda pul bo'lmasa nima qilishni bilmay qolamiz, hafsalamiz yo'qoladi. Doimo yoningizda pul bo'lsin. Bu o'zingizga nisbatan ishonch beradi.
5.Reja qilgan ishlarni bajarmaslik
Boshlagan ishni oxirigacha tugatmaslik, o'rta yo'lda tashlab ketish, rejalarga amal qilmaslik juda katta energiyani o'g'irlaydi. Sababi doimo "nega qilmadim?" degan xayol bilan yashaysiz.
Instagram