Get Mystery Box with random crypto!

«Yoshlar ovozi» gazetasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni | YUKSALISH IXTIROLARI

«Yoshlar ovozi» gazetasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida gazetada ularni bepul reklama qilib berish yo'lga qo'yildi. Misol uchun, bugungacha «Osmondagi bolalar» loyihasi, «Yuksalish» liderlar akademiyasi, «Najot ta'lim» o'quv markazi va «Asaxiy books» loyihalari chop etildi.

Agar yosh tadbirkorlarimiz reklama berishga qiynalayotgan bo'lsa, «Yoshlar ovozi» gazetasida ularning ijtimoiy tadbirkorlik loyihalarini bepul reklama qilib beramiz. Bu tadbirkorlikka ham qo'llab-quvvatlov bo'ladi, nazarimda.

Alohida ta'kidlash kerakki, «Yoshlar ovozi» gazetasi hukumat a'zolariga, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlariga hamda mahallalardagi 10 ming nafar yoshlar yetakchilariga yetib boradi.

«Yoshlar ovozi» yangicha ko‘rinishda chop etilmoqda va Telegram kanali ham faoliyatini boshladi. Kanalda gazetaning elektron shakli ham taqdim etiladi. Bundan tashqari, kanalda yoshlarbop mazmunli kontentlarni o‘qib borishingiz mumkin. Siz ham kuzatib boring: @yoshlarovozi

@alisher_sadullaev