Get Mystery Box with random crypto!

Vanihoyat. Mirach CHaģri Oqtoshning bu asariyam tugatdim. Afsu | Kitob makoni

Vanihoyat. Mirach CHaģri Oqtoshning bu asariyam tugatdim. Afsuski, ayrim joylarini òqishda qarama-qarshi fikrlarga duch keldim. Qaysidir joyida nimadir qil deyilsa qayeridadir shuni qilma deyilgan joylar boldi. Bu yozuvchi katta hayotiy tajribaga ega bòlsa-da ayrim fikrlariga qòshilmagan bòlar edim. Inson bu darajada yuraksiz bòlishi mumkinmikan deb òylab qoldim. Òzini shu qadar yolģizlikka tashlaganki, qaysidir orolga tushib yolģiz qolib ketsa. To'ģri yaxshilikka, yaxshi ishlarga ham yetaklovchi joylari ham mavjud ,lekin aytganimdek bu fikriga ham teskari fikr berilganday. Ayrim joylarida esa fikrlashga arzigulik, katta hayotiy tajribaga ega inson fikri kòrinib turadi.
Xulosa qilib aytishim mumkinki hayotda Mirachga òxshab qomaslik nasib etsin va uning kitoblariga yaqinlashmiman .