Get Mystery Box with random crypto!

Parazit bakteriyalar tirik organizm hisobiga yashab hayot kech | Biologiya_Kimyo||DTM

Parazit bakteriyalar tirik organizm hisobiga yashab hayot kechiradi. Parazit bakteriyalar odamda sil, vabo, o‘lat, ichburug‘, qoqshol kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Yuqumli kasalliklarning yoppasiga tarqalishi epidemiya deyiladi.Epidemiyaning oldini olish uchun karantin e’ lon qilinadi, ya’ ni odamlarning to ‘planishi, bemor oldiga ko‘pchilikning kirib-chiqishi taqiqlanadi. Bemorning idish tovoqlari,sochig‘i alohida tutiladi va bakteriyalardan tozalovchi moddalar yordamida yuviladi. Kasal bo‘lmaslik uchun gigiyena qoidalariga rioya qilish, ovqatlanishdan oldin doimo qo‘lni sovunlab yuvish zarur. Ayrim o‘simliklar bakteriyalarga qarshi fitonsid modda ajratadi. Masalan, archa, terak o‘zidan ajratgan fitonsid modda bilan havoni zararli bakteriyalardan tozalaydi. Bakteriyalar tabiatda katta ahamiyatga ega. Insonlar foydali bakteriyalardan amaliyotda foydalanadi, zararlilariga qarshi kurashadi.

Yoqqan boʻlsa layk bosing
@Shuhrat_Gayratovich
@Biologiya_kimyoDTM