Get Mystery Box with random crypto!

6-SINF BOTANIKA Mavzu : Oilalarning GULI haqida _ | Super kimyo biologiya kanali❗️

6-SINF BOTANIKA
Mavzu : Oilalarning GULI haqida

_

_
Ra'nodoshlar ==> shingil, qalqon, soyabon. Ikki jinsli, to‘g‘ri gul.
Karamdoshlar ==> shingil to‘pgul.Gullari to‘g‘ri ikki jinsli.
Sho‘radoshlar ==> boshoqsimon yoki shingilsimon to‘pgulda joylashgan.Gullari mayda, yashil yoki rangsiz, to‘g‘ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, ba'zan ayrim jinsli.
Gulxayridoshlar ==> gullari to‘g‘ri, ikki jinsli, barg qo‘ltig‘ida yakka yoki shoxlar uchidagi to‘pgulda joylashgan.
Burchoqdoshlar ==> Gullari qiyshiq, ikki jinsli, shingil, bosh (kallak)cha xildagi to‘pgulda joylashgan.
Ituzmdoshlar ==> Gullari biroz qiyshiq, ba'zan to‘g‘ri ikki jinsli, yakka-yakka holda barglar qo‘ltig‘ida yoki shoxlar uchidagi gajak to‘pgullarda joylashgan.
Tokdoshlar ==> ro‘vak (murakkab shingil).Gullari mayda, to‘g‘ri, ikki yoki bir jinsli, rangsiz.
Qovoqdoshlar ==> Gullari to‘g‘ri,ayrim jinsli, hashoratlar yordamida changlanadi.
Qoqio‘tdoshlar ==> Ko‘pchiligi savatcha, o‘z navbatida, shingil, ro‘vak, qalqon, boshcha to‘pgullarga o‘rnashib, murakkab to‘pgul hosil qiladi.
Qoqio‘tdoshlar 2 ga bo‘lingan bular;
Sutikandoshlar ==> to‘pguli ikko jinsli tilsimon gullardan tashkil topgan.
Moychechakdoshlar ==> to‘pguli naysimon, faqat ayrim turlarda savatchaning atrofida soxta tilsimon (kungaboqar) yoki voronkasimon (bo‘tako‘z) gullar bo‘ladi.
BOTANIKA
Lolasimonlar ==> Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli, yakka-yakka yoki to‘pgulda joylashgan.
Piyozdoshlar ==> To‘pguli - oddiy soyabon, sharsimon va yarimsharsimon, ko‘p gulli.Gullari ikki jinsli.Gulqo‘rg‘oni oddiy gultojsimon.
Bug‘doydoshlar ==> To‘pguli - murakkab boshoq, ro‘vak to‘pgulga yig‘ilgan.
Gullari mayda, rangsiz, ko‘kimtir, boshoqchalarda joylashgan.Gullari ikki jinsli to‘g‘ri Gulqo‘rg‘oni oddiy gultojsimon.

https://t.me/biologiya_kimyo_011